Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
(OʻzMMSI)
Xalqaro nomi Uzbek national institute of music and arts
Asos solingan 2020-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Ozodbek Nazarbekov
Fakultetlar Oʻzbek milliy musiqa sanʼati
Professional taʼlim
Bakalavriat
  • Professional ta’lim;
  • Vokal san’ati: an’anaviy хonandalik;
  • Cholgʻu ijrochiligi: an’anaviy cholgʻular;
  • San’atshunoslik: musiqashunoslik.
Magistratura
  • Musiqa san’ati;
  • Vokal san’ati: an’anaviy хonandalik;
  • Cholgʻu ijrochiligi: an’anaviy cholgʻular.
Manzili Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uy
Vebsayti uzmmsi.uz

„Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti — Oʻzbekiston Respublikasidagi maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi 2020-yilda tashkil etilgan tayanch oliy oʻquv yurti.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli qarori asosida Oʻzbekiston konservatoriyasining „Oʻzbek maqom sanʼati fakulteti“ va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari negizida tashkil etilgan[1][2][3][4]. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov institut rektori lavozimiga tayinlangan[5] va bundan tashqari institut Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunishi aytilgan. Institutning vazifasi oʻlaroq maqom va baxshichilik sanʼati boʻyicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar yaratish belgilangan[6].

Oʻquv faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida 2 ta „Oʻzbek milliy musiqa sanʼati“ va „Professional taʼlim“ fakultet bor boʻlib, ularning ichida „Maqom cholgʻu ijrochiligi“, „Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi“, „Doston ijrochiligi“, „Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano“, „Maqom xonandaligi“, „Vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglari tayyorlash“, „Oʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar“ kabi kafedralar faoliyat yuritadi[7].

2022-yil Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi eʼlon qilgan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarining umumiy reytingida Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan[8].

Fakultetlar Kafedralar Yoʻnalishlar
Oʻzbek milliy musiqa sanʼati Maqom cholgʻu ijrochiligi
  • Cholgʻu ijrochiligi (anʼanaviy cholgʻular);
  • Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik);
  • Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik);
  • Bastakorlik sanʼati.
Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi
Doston ijrochiligi
Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano
Professional taʼlim Maqom xonandaligi
  • Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik);
  • Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha);
  • Cholgʻu ijrochiligi (anʼanaviy cholgʻular);
  • Musiqa taʼlimi.
Vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglari tayyorlash
Oʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. „YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
  2. Kun.uz. „Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etiladi“ (26-may 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
  3. Daryo.uz. „O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi“ (4-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
  4. Sunnatilla Abdullaev. „O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi“. Qalampir.uz (27-may 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
  5. Daryo.uz. „Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi“ (16-iyun 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
  6. „Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etildi“ (4-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  7. „YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI INSTITUTI FAKULTETLAR“. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  8. Daryo.uz. „O‘zbekistondagi yetakchi va eng past natija ko‘rsatgan OTMlar ma’lum bo‘ldi — reyting“ (26-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]