Oʻrinboy Nuraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrinboy Nuraliyev (1942.25.9, Namangan viloyati Beshkapa qishlogʻi) — aktyor, xonanda, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Andijon pedagogika instituti (1970), Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutini (1979) tugatgan. Namangan teatrida (1958—60, 1977— 91), Andijon teatrida (1961—77) aktyor. 1991—92 yillar Namangan teatri, 1992 yildan Madaniyat boshqarmasiga qarashli Xalq ijodi uyi (Namangan) direktori. N. Farhod, Majnun (Xurshid, "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"), Xaydar (Komil Yashin, "Nurxon"), Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, "Navoiy"), Ibn Sino, Umar Xayyom (A. Shalomayev, "Ibn Sino", "Umar Xayyom"), Zokirxoʻ-ja (T. Malik, "Soʻnggi oʻq") kabi mil-liy dramaturgiya asarlarida yaratgan ob-razlari bilan oʻzbek teatri tarixidan munosib oʻrin oldi. Uning ijodi kuchli dramatizmi, sahna harakatlarining anikligi, obrazlaridagi koʻtarinkilik, joʻshqinlik, soddalik, olijanobligi bilan ajralib turadi. N. xonanda sifatida "Onaginam", "Soʻramaysiz", "Siz yaxshi odamlar", "Koʻcha bogʻi-2", "Bayot-2", "Quyosh" kabi qoʻshiklari bilan tanilgan. Rej. sifatida "Chimildiq" (E. Xushvaqtov) kabi spektakllarni saqnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil