Qamara Burnasheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qamara Burnasheva (1920.8.3 Andijon — 2000.31.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1960). 1934-yildan Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon musiqali drama va komediya teatrida (1943-yil Samarqand teatrida) aktrisa. Mashhur rollari: Gulbahor, Tojixon ("Boy ila xizmatchi", "Xolisxon"), Julyetta ("Romeo va Julyetta"), Hafiza ("Shohi soʻzana"), Katerina ("Momaqaldiroq"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Layli ("Layli va Majnun"), Nurxon ("Nurxon"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Nodira ("Nodira"), Shohsanam ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam") va boshqa B. serqirra aktrisa boʻlib, oʻtkir hajviy, lirik va murakkab psixologik rollar ustasi sifatida tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil