Xadicha Aminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xadicha Aminova (1909.13.5, Andijon viloyati Jalaquduq tumani — 1989.20.8, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1939). 1930-yildan Andijon teatrida ishlagan. A. 100dan ortiq rollarni ijro etgan. Asosiy rollari: Xonzoda („Boy ila xizmatchi“), Maysara („May-saraning ishi“), Dilbar („Tor-mor“), Xolnisa xola, Boʻston buvi („Shohi soʻzana“, „Ayajonlarim“), Kabanixa („Momaqaldiroq“) va hokazo „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi filmlarida qatnashgan: Jamol opa („Fargʻona qizi“), Gulsumbi-bi („Qutlugʻ qon“), Xadicha opa („Yorqin yoʻl“). A. yaratgan obrazlar samimiyligi, qahramon hissiyotining toʻla ochib beri-lishi bilan eʼtiborni jalb qiladi. A. ona rollarini mahorat bilan ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil