Andijon teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andijon teatri, Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri – to‘ng‘ich o‘zbek professional teatrlaridan. 1919 yil noyabr–dekabrida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida "Yagona truppa" nomi bilan rasman ish boshlagan. Truppaning tashkiliy, ijodiy takomilida T. Jalilov, A. Azimov (Otash), B. Fayziyev, Orifjon Toshmatov (Orif Garmon), M. Najmiddinov, Ishoqqori Karimov kabi sozanda, bastakor va hofizlar, shuningdek S. Ziyoev, M. Karimov, B. Mashrabiy, A. Isroilov, F. Boybekov singari ijodkorlar munosib hissa qo‘shganlar. 1924 yil teatr "Umid" truppasi nomi bilan Andijon maorif bo‘limi ixtiyoriga olinadi. Truppaga A. Ismatov, Q. Oxunov, Hoji Zunnun kabi aktyorlar qo‘shiladi. Dastlab repertuar asosini ma’rifiy ruhdagi hajman katta bo‘lmagan asarlar tashkil ettan. Truppa safida sozanda va ovozli aktyorlarning borligi jamoaga sof drama qatori musiqali drama spektakllarini yaratish imkonini berdi. "Hind ixtilochilari" (A. Fitrat), "Padarkush" (M. Behbudiy), "Yorqinoy" (Cho‘lpon), "Fidoiy muhabbat" (Sh. Rasulzoda), "Erk bolalari", "Yetim va yetima" (G‘. Zafariy), "Lolaxon" (K. Yashin) kabi spektakllar musiqaviy ifodaga, xalq qo‘shiqlariga 506boyligi bilan tomoshabin e’tiborini qozondi. Hamzaning "Zaharli hayot", Uyg‘urning "Turkiston tabibi" kabi asarlari ham o‘rin oldi. Teatrga tajribali rejissyorlardan M. Tojizoda, Ali Ardobus, X. Qoriyev – O‘g‘izlar taklif etidsi. 1920 yillar repertuaridan rus bosqinchiligiga qarshi ohang bilan sug‘orilgan ba’zi pesalarning uchrashi alohida e’tiborga loyiq. K. Ramziyning "Vatan qahramoni", zanjirband etilgan ona timsolida "olami Turon" obrazini ifoda etuvchi "Ona Vatan", Behbudiyning "Padarkush" kabi asarlari shular jumlasidandir. 1927 yilda teatr Andijon shahri davlat truppasi nomi bilan qayta tuziladi. Unga etnografik – konsert ansamblidan M. Qoriyoqubov, Tamaraxonim, G. Rahimova, Qo‘qon teatri artistlaridan M. Qo‘ldoshev, L. Sarimsoqova, S. Xo‘jayev, U. Abdullayev, 1929 yil H. Nosirova, M. Azizova, Sh. Rahimova kabi san’atkorlar kelib qo‘shiladi. K. Yashin adabiy emakdosh, T. Jalilov musiqa rahbari etib tayinlanadi. "Halima" (F. Zafariy), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Arshin mol olon" (U. Hojibekov), "Ikki boyga bir malay" (K. Goldoni), "Hujum" (V. Yan), "Malikai Turandot" (K. Gotssi) kabi spektakllar truppaning professional sahna mahorati oshishida, o‘z ijodiy qiyofasiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. 1931 yilda teatrga Y. Oxunboboyev nomidagi Ikkinchi o‘zbek davlat drama teatri nomi berildi. Teatrning 30-yillardagi ijodiy rivojida badiiy rahbar I. Karimov, direktor M. Qoriyoqubov, musiqa rahbari T. Jalilov, adabiy emakdosh S. Abdulla, rejissyor R. Sultonovlar faoliyati alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Bosh rollarni o‘ynagan A. Bakirov, H. Aminova ("Nomus va muxabbat", "Makr va muhabbat"da G‘ulom, Onaxon, Ferdinand, Luiza), A. Ismatov ("Rustam"da Rustam), Sh. Rahimova, M. Yunusov, A. Ibrohimov ("Oyxon", "Gulsara"da) va boshqa yirik drama akterlari sifatida ijod etdilar. 1937 yil Ishoq qori Karimov, R. Sultonov, S. Sayfiy, R. Rahimiy xalq dushmani sifatida qoralanib, hibsga olindilar va 1939 yilga qadar bironta ham spektakl qo‘yilmadi. 1940 yil V. Azimov sahnaga qo‘ygan "Tohir va Zuhra" spektakli teatr hayotida yangi bosqichga aylandi. U. Shekspirning "Romeo va Juletta" fojiasining ilk bor Andijon teatrida qo‘yilishi teatrning ulkan imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. "Shohi so‘zana" (A. Qaxxor), "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin), "Qaroqchilar" (F. Shiller), "Chin muxabbat" (O. Yoqubov), "Alisher Navoiy" (Uyg‘un, I. Sulton), "Xolisxon" (Hamza) kabi spektakllar o‘nlab iste’dodli aktyorlar yetishib chiqishida o‘ziga xos maktab bo‘ldi. A. Aminova, M. Ubaydumayeva, 60– 70-yillarda H. Oxunova, U. Nuraliyev, H. Olimjonov, S. Ulug‘ov, M. Qodirov, M. Boymatova va boshqa aktyorlarning teatrga kelib qo‘shilishi repertuarning boyishiga, jahon dramaturgiyasining yirik namunalariga o‘rin berishga imkon yaratdi. "Qirol Lir", "Richard III" (U. Shekspir), "Mehrobdan chayon" (A. Qodiriy), "Suv keltirgan aziz" (N. Safarov), "Yurakdagi tosh" (3. Muhiddinov), "Ona qizim" (Shuhrat), "Bobur" (Z. Muhiddinov), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Farg‘ona tong otguncha" (M. Ismoiliy), "Toshbolta oshiq" (H. G‘ulom), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Nodira" (H. Razzoqov), "Chorraha" (A. Jabbor), "Alla" (T. Minullin), "Zebunniso" (Uyg‘un) va boshqa teatrda qo‘yilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrda A. Aminova, H. Olimjonov, O. Saidburhonov, F. Hojiqulov, M. Boymatova, N. Hakimova, M. Yo‘ldosheva, S. Umarov, O. Maxmudova, X. Soliyev, X. Yunusov, Sh. Tojiboyeva kabi san’atkorlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Teatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari – Tolibjon Hamidov (1997).Sotimboy Tursunboyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil