Novalisoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Novalisoy (Sijjak qishlogʻi yaqinda)

'Novalisoy, NavolisoyToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining oʻng irmogʻi. Chorvoq suv omborida suv sathi koʻtarilgan bahoryoz oylarida N. bevosita suv omboriga quyiladi. Ugom tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanib, janubi-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 17 km, suv toʻplash maydoni 99,4 km². Beshta kichik irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Irmoklarning eng yirigi Yahaqsoy (11 km). N. yomgʻir va koʻproq qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,85 m-’/sek. Oqimining 65—70% mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi. Eng katta soʻv sarfi may oyida kuzatiladi (6,32 m³/sek). Toʻlinsuv davrini hisobga olmaganda, suvi doim tiniq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil