Kontent qismiga oʻtish

Not Like Us

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Not Like Us“
Kendrick Lamar qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 4-may, 2024-yil(2024-05-04)
Yozib olingan 2024-yil may oyi
Janr
Davomiyligi 4:34
Leybl Interscope
Matn muallif(lar)i Kendrick Duckworth
Prodyuser(lar) Mustard
Kendrick Lamar singllari xronologiyasi
„Meet the Grahams“
(2024)
Not Like Us
(2024)
Klipi
"Not Like Us" YouTubeda

Not Like Us – amerikalik repper Kendrick Lamar tomonidan yozilgan va kuylangan diss trek. 2024-yil 4-may kuni Interscope Records bilan hamkorlikda Lamarning kanadalik repper Drake bilan boʻlgan bahslashuvlarga bagʻishlab chiqarilgan. Bu Lamarning Drakega aytgan disslar seriyasining beshinchi va eng soʻnggitreki edi. Qoʻshiq uning bundan avval chiqargan Meet the Grahams singlidan 24 soat oʻtib taqdim qilingan.

Tarixi va chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikalik repper Kendrick Lamar va Kanadalik repper Drake oʻrtasida 2013-yildan beri turli bahslar boʻlib kelmoqda edi. 2024-yilning mart oyida Lamar Future va Metro Boomin bilan hamkorlikda Like That singlini taqdim etdi. Bu esa Drake va Joe Colening First Person Shooter trekiga nisbatan diss sifatida aytilgan edi. Kanadalik repper bunga javoban Push Ups va Taylor Made Freestyle qoʻshiqlari bilan javob qildi. Oradan biroz vaqt oʻtgach bahsnining davomi sifatida Lamarning Euphoria va L. A. in 6:16 qoʻshiqlari eʼlon qilindi[1].

6:16 in LA treki chiqarilgandan bir necha soat oʻtib Drake Family Matters singli bilan javob qildi. Unda Lamarni rafiqasi Whitney Alfordga nisbatan oilaviy zoʻravonlikda ayblab, uning ikkita farzandlarining asl otasi sifatida Dave Freeni koʻrsatadi. Bir soatdan kamroq vaqt oʻtgach, Lamar Meet the Grahams nomli qoʻshigʻini eʼlon qildi. Unda Drakeni oʻzining Torontogi joylashgan uyida jinsiy ekspluatatsiya maqsadlarida odam savdosini boshqarishi va hozirda ommadan yashirib kelgan qiziga otalik qiluvchi jinsiy zoʻravon inson sifatida taʼriflagan[2]. Not Like Us singli esa 2024-yil 4-may kuni Meet the Grahams chiqarilgan 24 soat vaqt oraligʻida taqdim etildi[3][4]. Singluchun ishlangan posterda Google Mapsda Drakening qarorgohi deb qaraluvchi bino 13 ta qizil belgi qoʻyilgan holda tashvirlangan. Bu ushbu joyda roʻyxatga olingan jinsiy zoʻravonlar borligining ramzi hisoblanadi[5].

Tijoriy natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Not Like Us tez sur’atlarda muvaffaqiyatga erishdi va koʻplab rekordlarini ham yangiladi, ularning aksariyati Drake tomonidan oʻrnatilgan edi[6]. Spotify platformasida u hip-hop qoʻshiqlari orasida bir kunlik eshitishlar borasida rekord oʻrnatdi (12,8 million)[7]. Bundan tashqari singl bir haftada eng koʻp eshitilgan rep (81,2 million); 100 million (9 kun)[8], 200 million (19 kun)[9], 300 million (35 kun)[10], 400 million (54 kun) va 500 millionlik (70 kun) natijalarga eng tez erishgan qoʻshiqqa aylandi[11][12]. Singl ikki hafta davomida Billboard Global 200 chartida birinchi oʻrinni egallab, Lamarning bunday natija qayd etgan dastlabki singli boʻldi[13][14].

Not Like Us AQShning Hot Rap Songs chartida toʻqqiz hafta davomida, Hot R & B / Hip-Hop Songsda yetti hafta va Streaming Songs chartida besh hafta davomida eng yuqori oʻrinni egallab turdi[15]. Billboard Hot 100 chartida 2024-yilning 18-mayida 1-oʻringa koʻtarildi. Trek 70,9 million eshitishlar soni, 15,000 nusxada sotilgan holda 2020-yildan buyon hip-hop qoʻshiqlari uchin eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi[16][17].

Klipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Not Like Us qoʻshigʻining musiqiy videosi ishlangan Martin Luther King, Jr. yodgorligi

Trekning musiqiy klipi Dave Free va Lamar hamkorligida ishlangan[18][19]. Charm LaʼDonna klip oish jarayonida xareograf sifatida faoliyat olib borgan[20]. Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy video AQSh mustaqillik kunida taqdim etiladi[18]. Klip YouTube platformasiga 2024-yil 4-iyul kuni soat kunduzgi 3 lar atrofida joylanadi[21][22][23]. Ertasi kuni ertalab YouTubeda koʻrishlar soni 13 milliondan oshgan boʻlsa kun yakuniga borib bu natija 17 milliondan ortiqroqni tashkil etdi[24][25],

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiqarilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Not Like Us trekining chiqarilish tarixi
Hudud Sana Format (lar) Tarjima Leybl Manba
Turli xil 2024-yil 4-may Original Interspof [26]
Italiya 2024 yil 10 may Radio orqali eshittirish Universal [27]
Kaliforniya 2024 yil 11 iyul
  • Original
  • jonli
Interspof [28]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Savage, Mark. „Drake and Kendrick Lamar beef explained - what has happened and why?“ (en-GB). BBC (2024-yil 5-aprel). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  2. Smyth. „A Complete Track-by-Track Timeline of Drake and Kendrick Lamar's Feud“ (en). Vulture (2024-yil 5-may). 2024-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  3. Eustice. „Kendrick Lamar Has No Chill—Drops Another Drake Missile "Not Like Us"“. AllHipHop (2024-yil 4-may). 2024-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  4. TOP DAWG #TDE [@dangerookipawaa]. „Dot, I see dead people 💀“ (2024-yil 4-may). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  5. Aswad, Jem. „Kendrick Lamar Drops Yet Another Drake Diss Track, 'Not Like Us'“. Variety (2024-yil 4-may). 2024-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
  6. „Kendrick Lamar breaks records with ‘Not Like Us’ track“ (en-US). Brooklyn Eagle (2024-yil 13-may). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  7. Brown. „Kendrick Lamar's "Not Like Us" Breaks Drake's 2021 Spotify Record For Most Streams In A Day“ (en-US). Vibe (2024-yil 7-may). 2024-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  8. Johnson. „Kendrick Lamar's 'Not Like Us' shatters streaming records“ (en-US). FOX 11 (2024-yil 14-may). 2024-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
  9. Nevares. „Kendrick Lamar Breaks Yet Another Drake Spotify Streaming Record With "Not Like Us"“ (en). HotNewHipHop (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  10. Li. „Kendrick Lamar's "Not Like Us" Becomes Fastest Hip-Hop Song in History To Reach 300 Million Spotify Streams“. Hypebeast (2024-yil 11-iyun). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  11. Schube. „Kendrick Lamar Claims Another Victory Over Drake With 'Not Like Us' Video Views“ (en). HipHopDX (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  12. Moore. „Kendrick Lamar's 'Not Like Us' Returns To No. 1 After Breaking Another Drake Record“ (en). HipHopDX (2024-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  13. Trust, Gary (May 13, 2024). „Sabrina Carpenter's 'Espresso,' Kendrick Lamar's 'Not Like Us' Lead Billboard Global Charts“. Billboard (ingliz (Amerika)). May 13, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 14, 2024.
  14. Trust. „Kendrick Lamar’s ‘Not Like Us’ Leaps Back to No. 1 on Billboard Global 200 Chart“ (en-US). Billboard (2024-yil 15-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  15. Trust, Gary (June 4, 2024). „Billboard's Songs of the Summer Chart Returns, Led by Post Malone & Morgan Wallen's 'I Had Some Help'. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: June 24, 2024.
  16. Trust, Gary (May 13, 2024). „Kendrick Lamar's "Not Like Us" Blasts In at No. 1 on Billboard Hot 100“. Billboard. May 13, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 13, 2024.
  17. Trust, Gary (May 14, 2024). „Mustard Earns His First Hot 100 No. 1 as a Producer Thanks to Kendrick Lamar's 'Not Like Us'. Billboard (ingliz (Amerika)). May 14, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 14, 2024.
  18. 18,0 18,1 Stenzel. „Kendrick Lamar drops music video for Drake diss track 'Not Like Us' on Fourth of July“. Entertainment Weekly (2024-yil 5-iyul). 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  19. Tharpe. „Watch Kendrick Lamar Put On For His City—And Tame an Owl—in the Video For "Not Like Us"“. GQ (2024-yil 4-iyul). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-iyul.
  20. Skelton. „The Story Behind the Dancing In Kendrick Lamar’s “Not Like Us” Video“ (en-us). Complex (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  21. William Cowen. „Kendrick Lamar Rolls Out Celebratory "Not Like Us" Video“. Complex (2024-yil 4-iyul). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-iyul.
  22. Lynch, Jessica (July 4, 2024). „Kendrick Lamar Teases 'Not Like Us' Music Video With New Photos“. Billboard (ingliz (Amerika)). July 4, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 4, 2024.
  23. Armstrong. „Kendrick Lamar Smacks An Owl Piñata While Teasing 'Not Like Us' Video“ (en-US). Uproxx (2024-yil 3-iyul). 2024-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  24. Tolentino. „Kendrick Lamar drops 'Not Like Us' music video amid Drake feud“. NBC (2024-yil 5-iyul). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  25. Chery. „The highlights from Kendrick Lamar's 'Not Like Us' Drake diss music video“. The Washington Post (2024-yil 5-iyul). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  26. Peters, Mitchell (May 5, 2024). „Kendrick Lamar Fires Back at Drake Yet Again With Scathing 'Not Like Us' Diss Track: Listen“. Billboard. May 6, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 7, 2024.
  27. Fusi. „Kendrick Lamar - Not Like Us (Radio Date: 10-05-2024)“ (it). EarOne (2024-yil 7-may). 2024-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  28. Paul. „California Radio Adds Live Version Of “Not Like Us” To Rotation“ (en-US). Hot 97 (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.