Nodir Jonuzoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodir Jonuzoq
N.Jonuzoq portreti.jpg
Tavalludi 17-mart 1976-yil (1976-03-17) (47 yosh)
Mukofotlari Shohrat rib.png

Nodir Jonuzoq, toʻliq ismi Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo'tayev (1976-yil 14-mart, Bulungʻur, Samarqand) - yozuvchi va shoir.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi „Kildon“ fuqarolar yigʻiniga qarashli Sartyuzi qishlogʻida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodir Jonuzoq qisqa vaqt „Turkiston“ va „Respublika“ gazetalarida ishlagan. Shundan soʻng Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida muharrir sifatida ish boshlagan va keyinchalik „Oʻzbekiston“ telekanaliga tegishli „Musiqiy dasturlar“, „Maʼnaviyat“ studiyalari bosh muharriri, „Madaniyat va Maʼrifat“ telekanalining „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyati bosh muharriri hamda ushbu telekanalning direktor oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2015-yildan buyon adabiy-ijtimoiy nashr — „Yoshlik“ jurnalida bosh muharrir sifatida xizmat qilib keladi.

Nodir Jonuzoq telejurnalist sifatida „Sheʼr va shuur“, „Gap chiqdi“, „Shaxsiy fikr“, „Hayot goʻzal!“ hamda „Oq va qora“ kabi dastur va tokshoular tayyorlagan. Nodir Jonuzoq ssenariynavis sifatida koʻplab videofilmlar suratga olgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

Oʻquvchilik yillaridan oʻz sheʼrlari bilan tuman va viloyat gazetalarida qatnashib kelgan Nodir Jonuzoq talabalik paytida (1997) respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi boʻlgan. „Tomchilar“ nomli ilk kitobi Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan „Isteʼdod“ (1997) ruknida chop etilgan[2].

Nodir Jonuzoqning „Sizni sevar edim“, „Mehribonim“ nomli sheʼriy toʻplamlari, „Oʻn yetti lahza“, „Nilufar“, „Siniq oy“ singari bir nechta dostonlari chop etilgan.

Panda izidan“, „Bobbi“, „Tafakkur oʻyinlari“ singari chet el filmlarini hamda M.Lermontov, A.Blok kabi taniqli shoirlar sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Shuxrat“ medali sohibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nodir Jonuzoq. She’rlar.“ (14-mart 2016-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  2. S. Miraliyev, R. Shokirova. Oʻzbek adiblari.. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi — 434 bet.