Niso jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Niso jangi (1221 yil) - Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullarga qarshi dastlabki zafarli janglaridan biri. Chingizxon, Muhammad Xorazm shohning farzandlari Urganchdan chekinishganidan darak topgach, Xurosonning shim. chegaralariga moʻgʻullarning kuzatuvchi qoʻshinlarini joylashtirishga farmon bergan. Niso shahrining tevarak-atrofida 700 otlikdan iborat moʻgʻul askari turgan edi. Jaloliddin Qoraqumdan oʻtib 300 otliq askari bilan toʻsatdan moʻgʻullarga shiddat bilan hujum qilgan. Moʻgʻullar sarosimaga tushib qurol-yarogʻ va oziqovqatlarini tashlab qochganlar, ulardan ozginasi qutulib qolgan. Nasaviy bu jangni moʻgʻullar bilan boʻlgan urushdagi musulmonlarning dastlabki gʻalabasi deb ataydi. Niso jangidagi gʻalaba tufayli Jaloliddin va uning safdoshlari horigan otlarini almashtirib, eson-omon Nishopurga yetib olishga muvaffaq boʻlishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil