Baade Uolter
Baade Uolter (1893.24.3, Shryottingxauzen, Germaniya — 1960.25.6, Gyottingen) — nemis ast-ronomi. 1931—58 yillarda AQShda yashagan. Andromeda galaktikasi yadrosi va unga tegishli 2 yorqin yoʻldoshning yulduz tabiatini, galaktikalarda yulduzlar toʻdasining ikki tipi mavjudligini kashf etgan. Oʻzgaruvchan va oʻta yangi yulduzlarni tadqiq qilgan, Gidalgo va Ikar asteroidlarini ochgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |