Yulduzlar evolyutsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yulduzlar evolyutsiyasi — vaqt oʻtgan sari yulduzlarning fizik parametrlari va kimyoviy tarkiblari oʻzgarib borishi. Turli evolyutsiya bosqichidagi yulduzlarning fizik parametrlarini taqqoslab koʻrish asosida oʻrganiladi. Gravitatsiya (tortishish) kuchlari taʼsirida yulduzlar orasidagi gaz va changlarning kondensatlanishi oqibatida protoyulduzlarning hosil boʻlishi, siqiluvchan yulduzlar markazida termoyadro energiya manbai paydo boʻlishi, ayrim yulduzlarning gigant yulduzlarga yoki mitti yulduzga aylanishi, massasi katta yulduzlarning gravitatsion kollapsi (neytron yulduz yoki qora oʻra hosil boʻlishi bilan yuz beradi) kabi hodisalar Yulduzlar evolyutsiyasining bosqichlari hisoblanadi. Yulduzlar evolyutsiyasi doim yuz berib turadigan uzluksiz jarayondir.