Natalya Burova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Pavlovna Burova
Tavalludi 23-noyabr 1918-yil
Bishkek
Vafoti 24-mart 1979-yil(1979-03-24)
(60 yoshda)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR
Sohasi shoir, tarjimon

Natalya Pavlovna Burova (1918-yil 23-noyabr, Pishpak, Turkiston ASSR – 1979-yil 24-mart, Toshkent viloyati) – sovet shoirasi va tarjimoni[1][2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalya Pavlovna Burova Pishpak (hozirgi Bishkek, Qirgʻiziston) shahrida tugʻilgan va bolaligida ota-onasi bilan Toshkentga koʻchib kelgan[3].

Oʻrta Osiyodagi maktablarda oʻqigan, lekin oʻrta maʼlumot olmagan[4]. Urush tugagunga qadar SSSR Yozuvchilar uyushmasi Oʻzbekiston boʻlimi kotibiyatida ishlab, yozuvchi va shoirlar – Anna Axmatova, Vladimir Lugovskoy, Yakub Kolas, Mixail Golodniy va boshqalar bilan ijodiy muloqot qilish imkoniga ega boʻldi[5].

1945-yilda tugallanmagan oʻrta maʼlumotga ega boʻlishiga qaramay, M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga oʻqishga qabul qilindi va V. A. Lugovskiy seminarida tahsil oldi. 1949-yilda kasallik tufayli oʻqishni toʻxtatdi[3].

Yozuvchi Olga Kojuxova shunday deb eslaydi: „Keyin, bir yil oʻtgach, men undan Pomirdan sarosima toʻla bitta xat oldim: „Endi institutga qaytmayman, bu yerda, qorongʻu shaxtalarda, beligacha muzdek suvga botgan odamlar qanday ishlayotganini koʻrsang edi. Ularga mening „muhabbat haqidagi“ sheʼrlarimdan nima naf?.. Ularga nima yangilik aytaman?.. Men nima bilaman?.Yoʻq, biz yangicha yashashni boshlashimiz kerak. Yana yoʻlimizni izlashimiz kerak…“

N.Burova Toshkent shahridagi qator muassasalarda statistik, kadrlar boʻyicha inspektor, chizmachi, texnik kotib lavozimlarida ishlagan, geologik partiyalar bilan Oʻrta Osiyo choʻllari boʻylab Chatqol va Ugom togʻ daryolari manbalariga – daryo boshlanadigan joyiga sayohat qilgan[3]. U geologik partiyalarda hamshira boʻlib ham ishlagan. 1965-yilda birinchi sheʼriy toʻplami – „Semirechye“ nashr etilgandan soʻng, Sovet yozuvchilari uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi.

U 1979-yil 24-mart kuni Toshkentdan 30-50 kilometr uzoqlikda vafot etgan. Vafoti sababi hozirgacha nomaʼlum boʻlib qoldi[4][5].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ona – Olimpiada Yakovlevna Avrova[3].

Oʻgʻli – Dmitriy Viktorovich Svetkov (1938-yilda tugʻilgan), Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan konstruktor[3], Moskvada yashaydi. Natalya Burovaning ikki nabirasi va ikki evarasi bor.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheʼr yozishni maktab yillarida boshlagan, keyinchalik ularni Toshkent va Moskvadagi yoshlar almanaxlarida, 1946-yilda „Znamya“ jurnalida, soʻngra SSSRning boshqa jurnal va gazetalarida („Ogonyok“, „Smena“, „Molodaya gvardiya“, „Zvezda Vostoka“, „Literaturnaya gazeta“) nashr qildirgan[3][5], ularning ayrimlari bolgar tiliga tarjima qilingan.

Sheʼrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Burova N. P. Semirechye (oʻzbekcha: Yettisuv). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1965. – 143 bet. – (Sikli: Solnse v pili; Temniy mart; Stuja). – 10000 nusxa.
  • Burova N. P. Tyopliye kamni : [Sb. lirich. stixov.] (oʻzbekcha: Issiq toshlar : [Lirik sheʼrlar toʻplami]) – Moskva: Yosh gvardiya, 1968. – 95 bet. – (Sikli: Luni; Polin v svetu). – 10000 nusxa.
  • Burova N. P. Litsom k svetu (oʻzbekcha: Nurga qarab). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1971. – 112 bet. – (Sikli: Rostki i ruini; Jarkiy vecher; Litsom k svetu). – 10000 nusxa.
  • Burova N. P. God aista (oʻzbekcha: Laylak yili). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972. – 100 bet. – 5000 nusxa.
  • Burova N. P. Zelenie shari (oʻzbekcha: Yashil sharlar). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1974. – 202+5 bet. – 10000 nusxa.
  • Burova N. P. Sinyaya ptitsa (oʻzbekcha: Moviy qush). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1975. – 102 bet. – 10000 nusxa.
  • Burova N. P. Gorkiy kolodes (oʻzbekcha: Achchiq quduq). – Moskva: Yosh gvardiya, 1978. − 112 bet. – 20000 nusxa.
  • Burova N. P. Tamarisk. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1979. – 199 s. – 5000 nusxa.
  • Burova N. P. Sena prozreniya (oʻzbekcha: Tushunishning narxi). – Toshkent: Yosh gvardiya, 1981. – 56 bet. – 10000 nusxa.

Natalya Burova sheʼrlari kiritilgan toʻplamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Molodaya Moskva (oʻzbekcha: Yosh Moskva)) / G. Korenev – Moskva: Moskva ishchisi, 1947. – 18, 19-betlar
  • Molodaya Moskva. Stixi molodix poetov (oʻzbekcha: Yosh Moskva. Yosh shoirlar sheʼrlari)) / G. Korenev – Moskva: Moskva ishchisi, 1947. – 94, 95, 96-betlar
  • Pesn lyubvi (oʻzbekcha: Sevgi qoʻshigʻi) / L. Xotilovskaya. – Moskva: Yosh gvardiya, 1967. – 524-bet
  • Alisher Navoiy. Sokrovishnitsa misley. Sochineniya v 10 tomax (oʻzbekcha: Alisher Navoiy. Fikrlar xazinasi. 10 jildli asarlar) / V. Novoprudskiy. – Toshkent: "FAN" nashriyoti, 1968. – 1-jild. – 256, 261, 262, 263, 264, 266, 267, 268, 271, 285, 286, 288, 292, 294, 295, 306-betlar.
  • Strofi veka. Antologiya russkoy poezii (oʻzbekcha: Asr stanzalari. Rus sheʼriyati antologiyasi) / Y. Yevtushenko va Y. Vitkovskiy. – Minsk; M.: Polifakt, 1995 – 601-bet. – ISBN 5-89356-006-X.
  • Russkaya poeziya. XX vek. Antologiya (oʻzbekcha: Rus sheʼriyati. XX asr Antologiya) / V. A. Kostrov. – Moskva: OLMA-PReSS, 1999. – 426, 427-betlar. – ISBN 5-224-00134-X.
  • Antologiya russkogo lirizma. XX vek, Izdanie trete (oʻzbekcha: Rus lirikasi antologiyasi. XX asr, Uchinchi nashr) / A. Vasin-Makarov – Moskva: „Studiya“, 2019. – 1-jild – 387—391-betlar – ISBN – 978-5-9907974-5-1 (T. 1)

Zamondoshlarining Burova ijodiga munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]

K. I. Chukovskiyning N.Burovaning birinchi toʻplamiga bergan izohi[3]:

Yolgʻon soʻz emas! Bu kashfiyot.

Sharhlar

A. A. Axmatovaning N.Burova sheʼriyati toʻgʻrisidagi fikrlari[6]:

…Natalya Burova – Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan shoir!.. Uni hech kim bilan adashtirib yuborolmaysiz!

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi Doʻmbrobod qabristonidagi N. P. Burova haykali 1989—1990-yillardagi qayta qurishdan soʻng nomaʼlum shaxslar tomonidan vayron qilingan. 2017-yilda qayta tiklangan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Насиров Ėркин, Фархади Райм, Филиппов Пётр. . 
  2. „Свидетельство о рождении Н. П. Буровой“. 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Krasilnikov N. Yeyo Aziya. O poetesse N. P. Burovoy (Wayback Machine saytida 2023-11-03 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 „Наталья Бурова“. Студия Александра Васина-Макарова. 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „1. БИОГРАФИЯ“. natalya-burova.rf. Qaraldi: 2-noyabr 2023-yil.
  6. Starshinov N. K. Litsa, liki i lichini. – Red.-izdat. firma „Roy“, 1996. – S. 9.