Korney Chukovskiy
Korney Ivanovich Chukovskiy (taxallusi; asl ismsharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) [1882.19(31).3, Peterburg — 1969.28.10, Kunsevo, Moskva viloyati] — rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Ch.ning "Vanya va Timsoh", "Tozalabyuv" ("Moydodir"), "Suvarakboy" (1923), "Pashshaserxarxasha" (1924), "Barmaley" (1925), "Voyjonimning sarguzashtlari" (1929) va boshqa sheʼriy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. Ch. uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, "Ikkidan beshgacha" kitobini yezdi (1928—70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]
Manbalar[tahrir]
- Sobraniye sochineniy, t. 1—6, M., 1965— 69; Moydodir, T., 1954.
Li.: Petrove kiy M.S., KnigaoKorneye Chukovskom, M., 1966; Vospominaniya o Korneye Chukovskom, 2izd., M., 1983.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |