Naorem Roshan Singh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roshan Naorem
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Naorem Roshan Singh
Tavallud sanasi 2-fevral 1999-yil (1999-02-02) (25 yosh)
Tavallud joyi Samurou, Manipur, Hindiston
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bengaluru FC
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bengaluru
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2020 Bengaluru B 18 (7)
2017–2018Indian Arrows 3 (0)
2019– Bengaluru 19 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Hindiston U20 3 (0)
2022– Hindiston bayrogʻi Hindiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-mart uchun)

Naorem Roshan Singh (talaffuzi: Noarem Roshan Singx) (1999-yil 2-fevralda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Bengaluru klubi va Hindiston terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning oktyabr oyida Roshan I-Liga 2-divizioni uchun Bengaluruning zaxira jamoasiga qo'shilgani e'lon qilindi[1]. Bir oy o'tgach, u Hindistonning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan iborat bo'lgan Butun Hindiston futbol federatsiyasiga qarashli Indian Arrows jamoasiga ijaraga berildi.[2] U 2017-yilning 5-dekabrida Minerva Panjobga qarshi o‘yinda professional debyutini o‘tkazdi va 80-daqiqada Edmund Lalrindika o‘rniga maydonga tushdi. Indian Arrows 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[3]. Roshan, shuningdek, Bangalor Super Division ligasida qatnashgan[4][5][6], Bengaluru B ning bir qismi bo'lgan va u yerda ham jamoaga sardorlik qilgan[7].

Roshan 2019-20-yilgi Hindiston Superligasi mavsumiga Bengaluruning katta jamoasiga murabbiy Naushad Moosa boshchiligida kirgan, ammo u o`z faoliyatini I-liga 2-divizionida kattalar jamoasi va B jamoasida o'ynash o'rtasida taqsimlagan. Roshan chap qanot yarim himoyachisi sifatida paydo bo'ldi, u yerda u Durand kubogi - 2019 va OFK kubogi - 2019da o'z iqtidorini ko'rsatdi, ammo ular guruh bosqichidan chiqib ketishdi. Bengalurudagi ikkinchi mavsumida u Hindiston Superligasida kattalar jamoasida debyut qiladi va 2020-yilgi OFK kubogida 5 ta o'yinda maydonga tushadi.

Roshan Bengalurudagi uchinchi mavsumiga to'liq himoyachi sifatida kirdi, u yerda ikki oyoqda ham o`ynash olish qobiliyati tufayli chap va o'ng tomonda o'ynadi. U 2021-yilgi Durand kubogida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo Bengaluru yarim final bosqichida Goa tomonidan mag‘lub bo‘ldi.

2022-yil 30-yanvarda u o‘zining birinchi golini 56-daqiqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan kiritdi. Bengaluru 10 o‘yin davomida mag‘lub bo‘lmagan Kerala Blastersni 1:0 hisobida mag‘lub etdi[8].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning mart oyida Roshan Hindiston terma jamoasi Bahrayn va Belarusga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini oldidan murabbiy Igor Shtimac tomonidan milliy terma jamoaga chaqirilgan edi[9]. U debyutini 23-mart kuni Bahraynga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazib, golga assistentlik qildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-yanvar[10]
Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami
Diviziya O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar
Bengaluru B 2017–18 I-liga 2-divizioni 7 2 0 0 - 7 2
2018–19 8 5 0 0 - 8 5
2019–20 3 0 0 0 - 3 0
Indian Arrows 2017–18 I-liga 3 0 0 0 - 3 0
Bangaluru 2019–20 Hindiston Superligasi 0 0 3 0 1 0 4 0
2020–21 2 0 0 0 5 0 7 0
2021–22 17 1 5 0 - 22 1
Karyera jami 40 8 8 0 6 0 54 8

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-yanvar
Yillar bo'yicha o`yin va gollar
Yil O`yinlar Gollar
2022 5 0
Jami 5 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bengaluru FC B

  • Bangalor Superdivizioni: 2018–19, 2019–20

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bengaluru FC 'B' ready for inaugural season“. Times of India (2017-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 31-dekabr.
  2. „Matos Names 25-member Indian Arrows Squad for Hero I-league 2017–18“. The All India Football Federation (2017-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  3. „Indian Arrows 0–2 Minerva Punjab“. Soccerway.
  4. „Blue Colts rout Dream United to go top of BDFA Super Division“. BengaluruFC.com (2019-yil 10-dekabr). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
  5. „Bengaluru FC B lifts BDFA Super Division Trophy by beating ASC“. sportscafe.in (2018-yil 27-dekabr).
  6. „Defending Champions Bengaluru FC all set for BDFA Super Division League“. BengaluruFC.com (2019-yil 12-noyabr). 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  7. @icsr. „Manbalar“.
  8. Anand. „Roshan Singh Naorem – As illuminating as his name“. iftwc.com. Indian Football Team for World Cup (2022-yil 31-yanvar). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  9. „7 new faces as Stimac names final list of 25 for friendlies in Bahrain“. the-aiff.com. All India Football Federation (2022-yil 21-mart). 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  10. Naorem Roshan Singh Soccerway saytida
  11. „Standout performers: Hero ISL 2021-22 season awards“. Indian Super League. 2022-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]