Nanto (Toyama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nanto, Toyamadan yoʻnaltirildi)
Nanto

南砺市
Shahar
Skyline of Nanto
Nanto
Bayroq
Nanto
Gerb
36°33′26.8″N 136°52′31.7″E / 36.557444°N 136.875472°E / 36.557444; 136.875472 G OKoordinatalari: 36°33′26.8″N 136°52′31.7″E / 36.557444°N 136.875472°E / 36.557444; 136.875472 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Maydon 668.64 km2 (258.16 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (October 1, 2020)
47,976
Zichligi 71.76 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Pochta indeks(lar)i 939-1692
Nanto xaritada
Nanto
Nanto
Ainokura, Gokayama shahridagi anʼanaviy somon tomili uylar

Nanto (yaponcha: 南砺市 Nanto-shi?) Yaponiyaning Toyama prefekturasida joylashgan shahardir. U Gifu prefekturasidan shimolda, prefekturaning janubi-gʻarbiy burchagidagi togʻli hududda joylashgan. U Gokayama YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.2018-yil 28-fevral holatiga koʻra, shaharda 17.761 ta xonadonda 51.669 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 75,8 kishidan toʻgʻri kelgan. Uning umumiy maydoni 668,64 kvadrat kilometr (258,16 mi²)[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nanto Toyama prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarbda Ishikava prefekturasi va janubda Gifu prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning shimoliy qismi Tochi tekisligida, janubiy qismi esa togʻli hududida oʻrnashgan. Maydonining katta qismi Yaponiyaning ushbu mintaqasiga xos tarqoq aholi punkti hisoblanadi. Nantoning turli hududlari Fukuno, Fukumitsu, Yohana, Inokuchi va Inami mintaqalaridan tashkil topgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nanto nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi yumshoq hamda qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Nantoda oʻrtacha yillik harorat 13,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2410 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,3 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,0 °C atrofida boʻladi[3].

Nanto (1991−2020 oʻrtachalar, ekstremallar 1978−hozirga qadar) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 19,3 21,1 26,7 31,2 32,2 33,3 36,0 37,3 36,9 34,3 27,2 24,4 37,3
Oʻrtacha maksimal, °C 5,6 6,3 10,7 17,0 22,2 25,2 29,0 30,5 26,4 20,9 15,0 9,0 18,2
Oʻrtacha harorat, °C 1,9 2,0 5,6 11,3 16,9 20,7 24,6 25,6 21,6 15,8 10,1 4,8 13,4
Oʻrtacha minimal, °C −1,4 −1,8 0,9 5,9 12,0 16,8 21,0 21,6 17,7 11,5 5,7 1,1 9,3
Mutlaq minimal, °C −12,1 −12,1 −7,2 −2,7 3,7 9,0 13,9 13,9 7,2 1,3 −3 −9,9 −12,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 321,9 204,8 180,3 135,7 117,5 182,6 231,6 203,5 221,7 184,4 261,7 351,9 2 567,3
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[4][5]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[6], Nanto aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196076,908—    
197068,979−10.3%
198066,844−3.1%
199065,113−2.6%
200060,182−7.6%
201054,724−9.1%
202047,937−12.4%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Nanto hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan.

Zamonaviy Nanto shahri 2004-yil 1-noyabrda Fukuno, Inami va Johana shaharlari, Inokuchi, Kamitaira, Taira va Toga qishloqlari (barchasi Xigashitonami tumanidan) va Fukumitsu (Nishitonami tumani) shaharchasi birlashtirilishinatijasida tashkil etilgan[2].

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nanto toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Hozirgi mer Mikio Tanaka, 2008-yil 16-noyabrda saylanganidan buyon ikkinchi muddatida faoliyat yuritmoqda[7]

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nantoda Canaan, Angel Beats, Sharlotta va Sakura Quest kabi shoularni yaratish uchun mas’ul boʻlgan PA Works animatsiya studiyasi joylashgan. Nanto hududida shuningdek, KAWADA Technologies Inc.ning bosh ofisi hamda Daiken korporatsiyasining bosh ofisi ham bunyod etilgan[8].   Nanto shuningdek, Inami yogʻoch oʻymakorligi shaharchasi ekanligi bilan mashhur boʻlib, u hunarmandchilik bilan milodiy 1390-yildan beri shugʻullanadi[9]

Qiziqarli joylar/turistik joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gokayama[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gokayama — Nantodagi hudud boʻlib, u anʼanaviy gassho qurilgan uylari tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, u hududga qishda yogʻadigan 2-3 metr qor toʻplanishiga dosh beradigan tik togʻ koʻrinishiga ega boʻlgan anʼanaviy meʼmoriy uslubni saqlay oladi[10]. Qishloq katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, baʼzi tuzilmalar Nara davriga (milodiy 710-yil) tegishli. Hududdagi asosiy faoliyat turi mato toʻqish va boʻyash, shuningdek, grechka (soba) noodlelarini tayyorlashni oʻz ichiga oladi.

Zentokuji ibodatxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yohanadagi bu ibodatxona taxminan 530-yil oldin tashkil etilgan[11]. Bu hudud sof buddizmining Otani sektasining asosiy ibodatxonasi boʻlib, 10 000 dan ortiq qimmatbaho buyumlar, shu jumladan sekta asoschisi Shinranning yozuvlari toʻplamiga ega[11].

Inami yogʻoch oʻymakorligi shaharchasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inami shahrining eski koʻchasi

Ushbu qishloqda 200 ga yaqin yogʻoch oʻymakorligi hunarmandlari ishlaydi va shaharni toʻldiradigan yogʻochdan yasalgan sanʼat asarlarini oʻymakorlik asosida yaratilgan. Shahar taxminan 250 yil davomida Yaponiyada yogʻoch oʻymakorligi sanoati markazi boʻlib kelgan. Yogʻoch oʻymakorliklarining koʻpchiligini Zuisenji ibodatxonasidan Yokamachi yoʻli boʻylab yurganida koʻrish mumkin. Ibodatxona shuningdek, bino meʼmorchiligi yogʻoch oʻymakorligi bilan mashhur[12].

IOX-AROSA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fukumitsu shahrida joylashgan, yozda, bu yerdan Iozen togʻining katta qismiga gondolaga chiqish va Nanto shahrining koʻp qismini tomosha qilish mumkin. Qishda u togʻning baland yonbagʻirlaridan changʻi va snoubordda uchish maskaniga aylanadi[13].

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nantoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi hamda sakkizta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi[14].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻarbiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi (JR West) — Johana liniyasi
    • Takagi — Fukuno — Higashi-Ishiguro — Fukumitsu — Etchū-Yamada — Jōhana

Avtobus yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tokay-Hokuriku tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 156
  • Milliy yoʻnalish 304
  • Milliy yoʻnalish 359
  • Milliy yoʻnalish 471

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ommaviy axborot vositalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anime Sakura Questdagi Monoyama shahri Nanto Sitidan keyin modellashtirilgan boʻlib, u yerda PA Works anime studiyasi shtab-kvartirasi joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. home page official statuistics(yaponcha)
  2. 2,0 2,1 „A Survey of Nanto City“. Nanto City. 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
  3. Nanto climate data
  4. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  5. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  6. Nanto population statistics
  7. ja:南砺市
  8. ja:南砺市#経済・産業
  9. ja:井波彫刻
  10. „History & Culture|GOKAYAMA SAISAIGOKAYAMA Official Travel Guide“.
  11. 11,0 11,1 „Johana Betsuin Zentokuji Temple|Sightseeing|NANTO|TOYAMA JAPAN|GOKAYAMA“. www.tabi-nanto.jp. 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Nanto City Tourism Pamphlet(Japanese)
  13. „Home“. iox-arosa.jp.
  14. http://www.city.nanto.toyama.jp/cms-sypher/www/section/index.jsp official home page
  15. 15,0 15,1 15,2 „International Exchange“ (en). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]