Nyūzen
Nyūzen 入善町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°56′0.7″N 137°30′7.4″E / 36.933528°N 137.502056°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 71.25 km2 (27.51 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (October 1, 2020) |
23,875 |
Zichligi | 335.1 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0765-72-1100 |
Pochta indeks(lar)i | 939-0693 |
|
Nyūzen (yaponcha: 入善町 Nyūzen-machi ) Yaponiyadagi Toyama prefekturasining Shimoniikava tumanida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-may-yil holatiga koʻra, shaharchada 8970 ta xonadonda 25007 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 350 nafardan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 71,25 kvadrat kilometrni (27,51 mi²) tashkil etdi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimolda Yapon dengizi va gʻarbda Kurobe daryosi orasida joylashgan. Shahar oʻzining jumbo tarvuzlari va 1983-yilda rasmiy shahar guliga aylangan lolalari bilan mashhur[2].
Shahardagi turli sunʼiy va tabiiy manbalar orqali yer osti suvlari toʻplanadi. Sohil yaqinidagi tekis hudud alohida qiziqish uygʻotadi, uning nomi quyidagi maʼnoni anglatadi: Sugisavaning yapon botqoq sadr daraxtlari (yaponcha: 杉沢の沢スギ Sugisava no Savasugi ) , bu yerda katta hajmdagi oqib chiqadigan buloq suvi noyob ekotizimni yaratgan va u davlat toonidan himoyalangan tabiiy yodgorlik hisoblanadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda nam subtropik iqlim (Köppen Cfa) mavjud, u issiq yoz hamda sovuq qish bilan kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Nyūzenda oʻrtacha yillik harorat 13,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2225 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,3 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,5 °C atrofida boʻladi[3].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Nyūzen soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 27,638 | — |
1980 | 29,163 | +5.5% |
1990 | 29,625 | +1.6% |
2000 | 28,276 | −4.6% |
2010 | 27,182 | −3.9% |
2020 | 23,839 | −12.3% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Nyūzen hududi qadimgi Etchu provinsiyasi tarkibiga kiriyilgan. Hudud Meiji restavratsiyasidan soʻng Shimoniikava tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Nyūzen shahri 1953-yil 1-oktyabrda Shimoniikava tumanidagi yetti qishloqning birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyuzenda oltita davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 8
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jōbenoma manzilgohi, Heian davri shoen xarobalari, Milliy tarixiy manzilgoh[6]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nyūzen town official statistics page(yaponcha)
- ↑ „Special Products of Nyūzen“ (Japanese). 2008-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
- ↑ Nyūzen climate data
- ↑ Nyūzen population statistics
- ↑ „Delegation Returns from Nyuzen, Japan | Archived News | City of Forest Grove, Oregon“. www.forestgrove-or.gov. 2012-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Heritages“ (Japanese). Cultural Heritage Online. Agency for Cultural Affairs. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)