Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti
(NamMTI)
Nammtilogo
Xalqaro nomi Namangan Engineering Technological Institute
Asos solingan 1968
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Mamatkarimоv Оdiljоn Оxundadayevich
Talabalari 6 732
Fakultetlar 6
Professorlar 336 ta
Manzili Namangan viloyati, Namangan shahar Kosonsoy ko'chasi 7 uy

Tarixi[tahrir]

Namangan muhandislik-texnologiya instituti mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining koʻzga koʻringan ilm va ziyo maskani boʻlib, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oliy oʻquv yurtlari orasida munosib oʻrin tutadi. Chunki institutning kechgan 45 yildan ziyodroq tarixi Oʻzbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyo, balki undan ham kengroq, joʻgʻrofiy mintaqadagi mutaxassis kadrlar tarbiya topgan nufuzli maskan — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining shonli yoʻli bilan chambarchas bogʻliqdir. Zero mazkur institutga 1968-yilda asos solingan edi. Binobarin 60-yillarning oxirida Namanganda va butun Fargʻona vodiysida toʻqimachilik va yengil sanoatni keskin rivojlantirish, unga koʻproq malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish masalasi boʻyicha katta ehtiyoj sezilardi. Bu ehtiyoj asosida yirik institut shaxobchasining ochilishi oʻsha davr uchun gʻoyat muhim ijtimoiy va madaniy hodisa boʻldi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutiga asos solishda, uning rivojlanishida va taraqqiy etib bugun yetuk ilmiy maskanga aylanishida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining, Oliy taʼlim vazirligining, koʻplab koʻzga koʻringan fidoiy olimlarning munosib oʻrni va hissasi bor. Biz ularni alohida hurmat va faxr iftixor bilan tilga olamiz.

Eng avvalo mazkur institutni oʻquv-maslahat punkti sifatida tashkil etishga akademik M. A. Xojinova bosh-qosh boʻlganlar. Institut rektorlaridan akademik T. R. Rashidov, professor B. G. Qodirov, dotsent M. F. Axmedov katta yordam koʻrsatganlar.

Intitutning oʻquv-ilmiy ishlarini jonlantirishda prorektorlardan dotsent M. A. Aliev, dotsent B. A. Azimov, professor U. M. Matmusaev, dotsent D. M. Todjiev, dotsent D. A. Kotov, dotsent U. X. Arifxanov, professor R. V. Korabel nikov, professor A. P. Parpievlarning munosib hissalari bor.

Institutda oʻquv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashda oʻzlarining ajoyib maʼruzalari bilan talabalarga dars bergan akad. R. G. Mahkamov, professorlar K. M. Mansurov, E. Sh. Olimbaev, M. R. Mavliyaviev, M. M. Muhamedov, S. 3. Usmanov, A. K. Qadirov, B. M. Mardonov, M. M. Kattaxoʻjaev va X. Marasulov, dotsentlar S. G. Azizqoriev, P. X. Norkin, M. G. Xamov, N. A. Sitovich, A. I. Inoyatov, T. Gazinazarov, G. A. Podmariyov, M. M. Shukurov, Sh. A. Muhamedov, X. Ibrogimovlarni sanab oʻtish mumkin.

Institutning oʻquv-maslahat punkti — umumtexnika fakul teti, shaxobcha, nihoyat mustaqil oliygoh boʻlib faoliyat koʻrsatishida turli vaqtlarda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligini boshqargan akad. G. Abdurahmonov, prof. M. Zoitov, prof. Sh. A. Alimov, prof. S Pulatov, akad. M. Salohiddinov, akad. Sh. Abdullaev, akad. O. Salimov, akad. S Gʻulomovlarning institutimiz jamoasi alohida faxr va iftixor bilan esga oladilar.

Dastlab oʻquv-maslahat punkti sifatida ochilgan bu dargohda talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqir edilar.

Oʻquv maslahat punktiga texnika fanlari nomzodi, dotsent, X. G. Soliev rahbarlik qildi. Oʻshanda atigi bir kishi fan nomzodi edi.

Ilk tashkil topgan bu ilm maskani Namangan shahrining markazida joylashgan boʻlib, uning 2 ta oʻquv auditoriyasi boʻlgan.

1977-yilga kelib, bu oʻquv-maslahat punkti umumtexnika fakul tetiga aylantirildi. Shu davr ichida Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar kombinati (hozirgi Namangan tekstil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati) otaligʻidagi 2-kichik tumanda yangi qurilgan oʻquv binosiga koʻchib oʻtdi. Bu 4 qavatli binoda oʻquv-tajriba ishlarini nisbatan keng va mazmunliroq tashkil etish imkoniyati yaratildi. Fakultetga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent X. S. Xusanov dekan etib tayinlandi. Uning sayi-harakatlari bilan ilm dargohida sezilarli oʻzgarishlar qilindi. Talabalar soni 500 kishiga yetdi. Ularga taʼlim bergan professor-oʻqituvchilardan 6 kishi fan nomzodlari va kapa oʻqituvchilar edi.

1981-yili umumtyoxnika fakul teti Toshkentdagi bosh institutning shaxobchasiga aylantirildi. Bu vaqtga kelib talabalar soni jami 750 kishiga yetdi. Shaxobchaga oʻshanda t.f.n. dotsent X. T. Ahmadxoʻjaev boshliq boʻldi. Unga asosan toʻquvchilik va yigiruvchilik mutaxassisliklari boʻyicha yoshlar qabul qilindi. 1984-yildan kechki va sirtqi boʻlimlarda „Toʻquvchilik, paxta va-kimyoviy tolalarni yigirish“, „Toʻqimachilik mashina va apparatlari“ mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki diplom ishlari Namanganda himoya qilindi.

Bunday diplom himoyalari 1987-yildan boshlab kunduzgi boʻlim bitiruvchi talabalari tomonidan ham amalga oshirildi.

Oʻsha vaqtda muhandislik mutaxassisligi boʻyicha 390 kishi kunduzgi, 700 kishi kechki, sirtqi boʻlimlarda 560 kishi taʼlim olganlar. 1988-yilga kelib, shaxobcha 3-kichik tumanda joylashgan binoga koʻchib oʻtdi. Oʻsha yildan boshlab iqtisod fanlari nomzodi, dotsent X. N. Nabiev direktor qilib tayinlandi.

1990-yildan „Toʻqimachilik sanoati iqtisodiyoti va uni boshqarish“ mutaxassisligiga birinchi marta 25 talaba qabul qilindi. Shu vaqtdan iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor berildi. Keyinchalik 30 talaba shu mutaxassislik boʻyicha oʻzbek va rus guruhlariga qabul qilindi.

1992-yilga kelib iqtisodiyot yoʻnalishida yangi mutaxassislik yaʼni „Sanoatda buxgalteriya hisobi, nazorati va tahlili“ boʻyicha taʼlim yoʻlga qoʻyildi.

1993-yildan „Toʻqimachilik sanoati — iqtisodi va uni tashkil etish“, „Toʻqimachilik mashinalari va apparatlari“, „Toʻquvchilik“, „Poyabzal texnologiyasi“, „Xalq xoʻjaligini yuritish va buxgalteriya hisobi“, „Moddiy resurslarni boshqarish va ishlab chiqarish vositalari“ ulgurji savdosini tashkil etish" mutaxassisliklari ochildi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, 1991-yil 1 sentyabr Vatan va millat tarixidagi kabi institut tarixida ham eng buyuk va oʻchmas kun boʻlib qoldi. Chunki xalqimizning asriy orzusi ming-minglab oʻtgan insonlarning ezgu orzu va armoni boʻlib qolgan milliy Istiqlol tinch va demokratik yoʻl bilan qoʻlga kiritildi. Shundan eʼtiboran hur diyor va millat taqdirida tub burilish, ozodlik, oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻzini anglash davri boshlandi. Aytish mumkinki, ana shu tarixiy burilish bu bilim dargohi zimmasiga ham katta mas’uliyat va tamoman yangicha vazifalarni yukladi.

1992-yildan, ayniqsa institutda iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar soni ortib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan tarkibga binoan hamda oʻqish jarayonini takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida iqtisodiyot mutaxassisligiga boʻlgan talab-ehtiyojlar ortib borishini hisobga olib, „Iqtisod fakul teti“ tuzish maqsadga muvofiq, deb topildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil 28 fevraldagi „Respublikaning yangi oliy oʻquv yurtlarini tashkil qilish“ toʻgʻrisidagi Farmoniga asosan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan shaxobchasi negizida mustaqil Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (NMII) tashkil topdi. Institutning birinchi rektori etib iqtisod fanlari nomzodi, dotsent H. N. Nabiev tasdiqlandi.

Keyinchalik, X. T. Ahmadxoʻjaev va R. Hojievlar oliygohni boshqarishdi.

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20 maydagi „Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25 iyuldagi 212-sonli qaroriga asosan, Namangan muhandislik-iqtisodiyot insituti (NamMII) Namangan muhandislik-texnologiya insituti (NamMTI) ga aylantirildi. Hozirda institutning rektori fizika-matematika fanlari doktori, professor O. O. Mamatkarimov boshqarmoqda.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻqimachilik, yengil sanoat va matbaa sanoati tarmoqlari uchun mashina va asbob-uskunalar, kimyo texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

Oʻquv dargohida dastlab talabalar soni jami 750 kishiga yetgan boʻlsa, hozirgi kunda 13 ta taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar, 6 ta mutaxassislik boʻyicha raqobatbardosh magistrlar va 05.06.02 „Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish“ mutaxassisligi boʻyicha katta ilmiy xodim izlanuvchilar etkazib berilmoqda. Institut tarkibida 3 ta fakultet, 15 kafedra, ixtisoslashtirilgan litsey, 6 ta ilmiy — tadqiqot laboratoriyalari va „Innovatsion texnologiyalari markazi“ faoliyat yuritmoqda.

Institutda fanlardan yetishmaydigan darslik va oʻquv-qoʻllanmalar yaratilish rejasiga asosan, 2011-2015 yilgacha 8 ta darslik, 22 ta oʻquv qoʻllanma tayyorlardi va chop ettirildi.

Institutda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Institutda tayyorlangan kadrlar „Namangan Paxtasanoat“ XAB, „Namangandonmahsulotlari“ OAJ, „Oʻzvinosanoat-holding“ kompaniyasi „Namangan tola tekstil“ MChJ, „Namangan karbonam“ AJ, Namangan „Mexmash“ MChJ, „Namimpeks-Tekstil“ MChJ, Kosonsoy „Al-Aziz“ MChJ, „Dambogʻ“ poyabzal savdo ishlab chiqarish xususiy korxonasi, „Vodiy“ yogʻoch savdo hissadorlik korxonasi, „Kosonsoy toʻqimachi“ MChJ, „Karbonam“ MChJ va Namangan elektr tarmoqlari aktsiyadorlik jamiyatlarida etakchi mutaxassis boʻlib samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar.

1999-2004 yillar davomida institutni texnika fanlari doktori H. T. Ahmadxoʻjaev rahbarlik qildi. 2004-2009 yillar davomida institutni A. Xojiev raxbarlik qildi. 2009-yil 1 iyuldan buyon Fizika-matematika fanlar doktori O. O. Mamatkarimov rahbarlik qilib kelmoqda.

Institut rahbariyati oldiga viloyat rivojlanishida va umuman bozor munosabatlariga oʻtish davridagi dolzarb boʻlib turgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ishtirok etadigan yuqori malakali muhandis-iqtisodchi kadrlar tayyorlash masalasini koʻndalang qilib qoʻyildi. Viloyat aholisining koʻp millatli ekanligini hisobga olib, mazkur mutaxassisliklar boʻyicha rus guruhlari ochildi.

Institutning 1993-yil 26 apreldagi ilmiy kengashining 7-sonli qaroriga asosan kunduzgi boʻlim texnologiya fakul tetini 2 ta mustaqil fakul tetlarga, yaʼni „Texnologiya“ va „Iqtisodiyot-mexanika“ fakultetiga ajratildi. Bu qarorga asosan „Toʻqimachilik sonoati iqtisodi va uni boshqarish“, „Sanoatda buxgalteriya hisobi, nazorati va tahlili“ hamda „Toʻqimachilik mashina va apparatlari“ mutaxassisliklari talabalari „Iqtisodiyot-mexanika“ fakultetiga birlashtiridi.

1993-yildan fakultetda „Marketing“ mutaxassisligi boʻyicha talabalikka qabul qilish boshlandi.

1993-1994 oʻquv yilida „Iqtisodiyot-mexanika“ fakultetidagi talabalarning umumiy soni koʻpayishi hisobiga boshqarish ancha murakkablashib qoldi. Oʻquv jarayonini toʻgʻri tashkil etish va uni amalga oshirish, talabalar oʻrtasida taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida fakul tetni 2 mustaqil fakul tetga ajratish ehtiyoji tugʻildi. Institutning 1994-yil 28 martdagi ilmiy kengashining 5-son qaroriga asosan va rektoratning oʻsha yil 19 apreldagi buyrugʻi bilan „Iqtisodiyot-mexanika“ fakulteti 2 ta mustaqil, yaʼni „Iqtisod“ va „Mexanika“ fakultetlariga boʻlindi. Shu vaqtga kelib institutda 3 ta kunduzgi boʻlim va 1 tadan kechki va sirtqi fakultetlar faoliyat koʻrsata boshladi, keyinchalik esa kafedralar soni 14 taga yetkazildi.

Professor oʻqituvchilar tarkibi 100 kishidan iborat boʻlib, shundan 3 kishi fan doktori va 45 kishi fan nomzodi ilmiy darajalariga ega boʻddilar.

Institut oʻquv binolari, auditoriyalar, laboratoriyalar, oʻquv xonalari kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy oʻquv asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan taʼminlandi.

1993-yildan boshlab Elektron Hisoblash markazi institutning bosh binosida faoliyat koʻrsatmoqda. Elektron hisoblash markazi IBM tipidagi kompyuterlar bilan taʼminlandi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yetuk muhandis va iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashga qoʻyiladigan talabning oʻsib borishi institutda oʻqitish uslublari va vositalarini hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish vazifasini koʻndalang qoʻyadi. Oliygohda 2 kishi doktorlik, 5 kishi nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Talabalarning oʻz ustida muntazam ishlashi va barcha fanlarni doimiy ravishda oʻzlashtirib borishlari va bu sohada professor-oʻqituvchilarning mas’uliyatini oshirish maqsadida-reyting tizimi boʻyicha talabalar bilimini baholash toʻla joriy qilindi. Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Professor-oʻqituvchilar tomonidan zamon talablariga mos maʼruza materiallarini tayyorlanishi, talabalardan yozma ish olishning yoʻlga qoʻyilishi yetuk, bilimli mutaxasislar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Isteʼdodli talaba yoshlar bilan yakka tartibda ishlash uchun kafedralar tomonidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aʼlochi-jamoatchi talabalar uchun Akademik Xodjinova, shoir Mashrab stipendiyalari taʼsis etilgan.

Institutning sirtqi fakul teti mutaxassisliklar taiyorlashning muhim boʻgʻini hisoblanadi. Dekanat va mutaxassislik kafedralari tomonidan sirtqi boʻlim bitiruvchilarining diplom mavzularini tanlashda, korxonalarning talabi, asosiy mezon boʻlib qoldi.

1996-yildan boshlab sirtqi boʻlimda mavjud „Toʻqimachilik sanoati mashina va apparatlari“, „Toʻquvchilik“, „Yigiruv“ mutaxassisliklaridan tashqari „Menejment“, „Buxgalteriya hisobi va audit“. „Moliya va kredit“ mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashga kirishildi.

Shuningdek, viloyat xalq xoʻjaligi korxonalarining buyurtmalariga asosan oliy maʼlumotli kadrlarni ikkinchi mutaxassislikni egallashlariga imkoniyat yaratilib, kadrlar tayyorlanmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, institutining shakllanishi va ravnaq topib borishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, viloyat hokimligtsning diqqat eʼtiborlari koʻrsatayotgan amaliy yordamlari muhim rol oʻynamoqda. Shu oʻrinda marhum, ajoyib murabbiy va olim, sobiq prorektor A. Muhiddinov va sobiq prorektorlari t.f.n., dotsent Sh. T. Ergashev, f.m.f.n., dotsent S. Qahhorov S.Sultonovlarning xizmatlarini ham aytib oʻtish joizdir.

Mutaxassisliklar[tahrir]

BAKALAVRIAT kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari[tahrir]

5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (yogʻ-moy mahsulotlari)
5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (goʻsht-sut  va konserva mahsulotlari)
5150900 Dizayn  (kostyum)
5320300 Texnologik mashinalar  va jihozlar (toʻqimachilik, engil va paxta sanoati)  
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)  
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (toʻqima)  
5320800 Matbaa va qadoqlash jarayonlart texnologiyasi  
5410500 Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi  
5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, toʻqimachilik va engil sanoat)
5321200 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)  
5320400 Kimyoviy texnologiyalar  (yuqori molekulali birikmalar)    
5411200 Manzarali bogʻdorchilik va  koʻkalamzorlashtirish
5230400 Marketing (tovarlar va xizmatlar)
5321500 Texnologiyalar va jixozlar (tarmoqlar boʻyicha)
5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)        
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va moʻyna buyumlari)  
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari)  
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj)
5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, toʻqimachilik va engil sanoat)
5310100 Energetika (issiqlik energiyasi)
5310200 Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)
5321700 Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot — kommunikatsion tizimlari
5111000 Kasb taʼlimi: buxgalteriya hisobi va audit
5111000 Kasb taʼlimi: iqtisodiyot
5111000 Kasb taʼlimi:  informatika va axborot texnologiyalari
5111000 Kasb taʼlimi:  engil sanoat mahsulotlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi

BAKALAVRIAT sirtqi  taʼlim yoʻnalishlari[tahrir]

5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (goʻsht-sut  va konserva mahsulotlari)
5150900 Dizayn  (kostyum)
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip)
5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari)
5230400 Marketing (tovarlar va xizmatlar)
5111017 Kasb taʼlimi: Iqtisodiyot
5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, toʻqimachilik va engil sanoat)

MAGISTRATURA mutaxassisligi[tahrir]

5A320902 Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash
5A320407 Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (noorganik va organik ishlab chiqarish boʻyicha)
5A320310 Toʻqimachilik va engil sanoat mashinalari hamda apparatlari
5A320901 Toʻqimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigiruv texnologiyasi)  
5A321202 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)
5A321201 Paxtani dastlabki ishlash va urugʻ tayyorlash texnologiyasi
5A410501 Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavot mahsulotlari)  
5A230401 Marketing  (tarmoqlar va soxalar boʻyicha)


Fakultetlar[tahrir]

=== YENGIL SANOAT TEXNOLO GIYASI ===

KIMYO TEXNOLOGIYA[tahrir]

MUXANDISLIK TEXNOLOGIYA[tahrir]

AVTOMATIKA VA ENERGETIKA[tahrir]

QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYAS[tahrir]

NamMTI va Saratov Davlat Texnika Universiteti Qoʻshma Fakulteti[tahrir]

Kafedralar[tahrir]

Yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi[tahrir]

Toʻqimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi[tahrir]

Jismoniy madaniyat va sport[tahrir]

Ijtimoiy fanlar[tahrir]

Kimyoviy texnologiya[tahrir]

Kimyo[tahrir]

Oziq-ovqat texnologiyasi[tahrir]

Texnologik mashina va jihozlar[tahrir]

Fizika[tahrir]

Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodiyoti[tahrir]

Oliy matematika[tahrir]

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar[tahrir]

Metrologiya, standartlashtirish va  sifatni boshqarish[tahrir]

Umumtexnika fanlari[tahrir]

Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish[tahrir]

Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi   [tahrir]

Chet tillar[tahrir]

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi[tahrir]

Havolalar[tahrir]