Odiljon Mamatkarimov
Qiyofa
- Vikipediyada ismi Odiljon va familiyasi Mamatkarimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov | |
|---|---|
|
| |
| Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori | |
|
Mansab davri 4-avgust 2011-yil - hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
19-aprel 1963-yil Namangan, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Millati | Oʻzbek |
| Taʼlim | Toshkent Davlat universiteti (kunduzgi taʼlim), Oʻzbekiston Milliy universiteti (sirtqi taʼlim) |
| Kasbi | fizika va matematika fanlari oʻqituvchisi, iqtisodchi |
| Ilmiy unvoni | Fizika-matematika fanlar doktori, professor |
Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov (1963-yil 19-aprel, Namangan, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori[1][2][3]. 2014—2019-yillar – Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati. 2018—2019-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov 1963-yil 19-aprelda Namangan viloyatining Uychi tumanida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1977—1980-yillar – Namangan viloyati, Uychi tumani, Jdanov nomli jamoa xoʻjaligi ishchisi.
- 1980—1981-yillar – Namangan shahar DOSAAF kursanti.
- 1981—1984-yillar – harbiy xizmatda.
- 1984—1989-yillar – Toshkent Davlat universiteti fizika fakulteti talabasi.
- 1989—1990-yillar – Toshkent Davlat universiteti stajor-tadqiqotchisi.
- 1990—1993-yillar – Toshkent Davlat universiteti aspiranti.
- 1993—1999-yillar – Toshkent Davlat universiteti, fizika fakulteti katta oʻqituvchisi, dotsent.
- 1996—1999-yillar – Toshkent Davlat universiteti fizika fakulteti doktoranti.
- 1999—2000-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha 1-prorektori.
- 2000—2004-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti maʼnaviy-maʼrifiy va gumanitar taʼlim ishlari boʻyicha 1-prorektor muovini.
- 2004—2009-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti dekani.
- 2009—2011-yillar – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori.
- 2020—2024-yillar Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori.
- 2024—xozirgi vaqtga qadar — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov institutning 1-bosqich magistrantlari bilan uchrashdi.“. www.nammti.uz. Namangan muhandislik-texnologiya instituti.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi MILLIY ILMIY PORTALI“. Qaraldi: 2024.01.02.
- ↑ https://nammti.uz/