Muzrabbek madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzrabbek madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Muzrabbek madrasasi Mehtar Shafi' guzarida joylashgan bo‘lib, Silahxona darvozasidan kirib kelishda, 9 hujradan iborat bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa faoliyatiga doir uchta hujjat aniqlandi. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Mehtar anbar guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Juma Muzrabboy madrasasida mulla Zokirning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tkazilayotganini ma'lum qilgan. Maoshi 7 tilla bo‘lgan. Boshqa hujjatda Muzrabbek madrasasi mudarrisi mulla Jumakeldi Sayyid Aminboy madrasasiga o‘tkazilayotgani ta'kidlangan. Uning o‘rniga Xalifa Xudoydod madrasasidan mulla Ibrohim kelgan. Maoshi 8 tilla. Bemor talabalar ro‘yxatida Xudoynazar Balxiy va Qamariddin Andhuyiy rishta kasaliga chalingani qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 369.