Muslim ibn al-Valid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu al-Valid Muslim ibn al-Valid al-Ansoriy (tax. hijriy 30/milodiy 748 – hijriy 207/milodiy 820), [1] Sari al-G‘avoniy nomi bilan ham tanilgan ( arabcha: صريع الغواني [2]), ilk Abbosiylar davrining eng yaxshi shoirlaridan biri va ansoriylarning mavlolaridan edi. [3] Hilari Kilpatrik so'zlariga ko'ra, Muslim ibn al-Validga abbosiylar aslzodalari homiylik qilgan, u "yangilanish" davri adabiyotining ilk namoyandalaridan biri boʻlib, [lower-alpha 1] sharob va muhabbat haqida she'rlari mashhur bo'lgan, shuningdek, qasidalar ham yozgan. [1]

Arab adabiyoti ensiklopediyasining taʼkidlashicha, Muslim ibn al-Valid Kufada tugʻilib oʻsgan. U Horun ar-Rashid hukmronligi davrida 794-yili Barmakiylar parchalanishidan oldin Bag'dodga ko'chib o'tgan. [3]

U yettinchi abbosiy xalifasi al-Maʼmun davrida vazir boʻlgan Al-Fazl ibn Sahlning e'tirofiga sazovor boʻldi va Jurjon (hozirgi Eron davlatidagi Goʻrgan shahri), keyinroq esa Isfahonda xalifa al-Ma'munning muhrdori etib tayinlandi. Al-Fazl o'ldirilganidan keyin Muslim ibn al-Valid she'riyatni tark etdi va vafotiga qadar yolg'iz hayot kechirdi. [5] U Goʻrgan shahrida dafn etilgan.

Nashr va tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Quoting S. A. Bonebakker,

    According to Ibn al-Muʿtazz, badīʿ devices do not appear for the first time in the work of the early Abbasid poets such as Bashshār, Muslim b. al-Walīd and Abū Nuwās; still they are more frequently found in their work than in the poems of the ancients."[4]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Kilpatrick, Hilary. Making the Great Book of Songs: Compilation and the Author's Craft in Abû l-Faraj al-Isbahânî's Kitâb al-aghânî. Routledge, 2003 — 337 bet. 
  2. Goldziher, Ignác. A Short History of Arabic Literature, 1959 — 57 bet. 
  3. 3,0 3,1 Encyclopedia of Arabic Literature, 1998 — 557 bet. 
  4. Bonebakker, S. A. „Ibn al-Muʿtazz and Kitāb al-Badīʿ“,. Abbasid Belles Lettres, 1990 — 396 bet. 
  5. Brockelmann, Carl. History of the Arabic Written Tradition: Supplement Volume 1, 2017 — 118 bet.