Kuyikish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuyikish — jinsiy jarayon bosqichi, urgʻochi hayvonlarning jinsiy faollik davri. K. davrida hayvonlar bezovtalanadi, jinsiy sikllar — jinsiy aʼzodan shilimshiq suyuqlik ajralib chiqishi va ovulyasiya (tuxum hujayraning yetilib, tuxumdondan chi-qish) hodisasi roʻy beradi, qin va ba-chadonda morfologik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Jumladan, sigirlar jinsiy aʼzosidan suyuqlik kelishi 2—3 kun, juftlashishga xohishi 12—18 soat davom etadi. Qoʻylarda jinsiy aʼzodan suyuqlik kelishi 24—36 soat va juftlashishga xohish jarayoni 38 soat davom etadi. K.ning 2 xili mavjud: fiziologik K. va jinsiy K. Fiziolog i k K. urgʻochi buzoqdarda 6—8 oyligidan boshlab kuzatiladi. Lekin ularni bu davrda qochirish man etiladi. Jinsiy K. muddati gʻuvajin uchun 16—18 oylik deb belgilangan va ular shu davrdan boshlab urugʻlantiriladi. Sigirlarda jinsiy sikl tuqqanidan soʻng har 18—45 kunda qaytariladi. Mol qochirilganda urugʻlanmasa, oradan maʼlum vaqt (mas, biyalar va sigirlar 20—21 kun, sovliklar 12—20 kun) oʻtgach, qayta qochiriladi (qarangHo-chirish).

Ubaydulla Nosirov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil