Xonaki mushuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xonaki mushuklar - mushuklar urugʻiga mansub uy hayvoni. 50 dan ortiq zoti bor. Xonaki mushuklar yovvoyi mushukning Shim. Afrika, Urta dengiz mushugi (liviya mushugi) kenja turidan kelib chiqqan. Eshitish, koʻrish, tuygʻu organlari yaxshi rivojlangan, hidni itlarga nisbatan kuchsizroq sezadi. 7— 9 oyda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 9 hafta, 4—6, baʼzan 10 tagacha bola tugʻadi, 13—18 y. umr koʻradi. Yangi tug'ilgan mushukchaning kõzi 10-12 kunda ochiladi. Ular tug'ilganidayoq õz onasini hididan taniydi. Mushuklarning old oyog'ida 4tadan orqa oyog'ida 5tadan jami 18ta barmog' bor. Mushuklar Qad. Misrda xonakilashtirilganligi taxmin qilinar edi. Chunki bu mamlakatda mushuklar ilohiylashtirilgan va ular moʻmiyolab koʻmilgan. Hozir Xonaki mushuklarning suyak qoldiqlari Kavkaz va Old Osiyo hududlarida bronza va hatto neolit davrlarida aholi yashagan joylardagi katlamlardan ham topilgan. Xonaki mushuklar zotlari bir-biridan, asosan, jun va dumining uzunligi, juni va koʻzining rangi bilan farq qiladi. Uzun junli mushuklarga angor, Eron va Sibir; kalta junlilarga siam va dumsiz hamda koʻpchilik Yevropa mamlakatlarida tarqalgan boshqa zotlar kiradi. Xonaki mushuklar omborlar va xonadonlarda zararkunanda kemiruvchilar (sichqon, kalamushlar)ni qirib fonda keltiradi.