Mushfiqiy Abdurrahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mushfiqiy Abdurrahmon (1525 -Buxoro —1588) — shoir. Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. 1564 yilgacha Buxoroda yashagan. 1568—72 yillarda Samarqand hokimi Sulton Said saroyida kitobdor boʻlgan. 1572—73 yillarda Hindistonda Akbarshoh saroyida, 1578 yildan Buxoro amiri Abdullaxon saroyida xizmat kilgan va "Malik ush-shuaro" unvonini olgan. M. boy adabiy meros qoldirgan. Shoirning hajviya, gʻazal va qasidalari "Devoni mutoibot", "Devoni gʻazaliyot", "Devoni kasoid", "101 tugun" ("Sadu yak buvad") kabilarda jamlangan. M. goʻzallik va muhabbat xaqida "Eram bogʻi", shuningdek, "Soqiynoma" va "Jahonnoma" kabi poetik asarlarni yaratgan. M. asarlari xalq orasida keng tarkalgan va uning uzi ham Mulla Mushfiqiy nomi bilan tojik xalq latifalari kaxramoniga aylanib ketgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bertels Ye.E., Istoriya persidskoy i tadjikskoy literaturi, M., 1970.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil