Moʻminobod (mozor qoʻrgʻoni)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moʻminobodjez davri mozor qoʻrgʻoni (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi). Samarqand viloyati Urgut tumani Moʻminobod qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1964 yil arxeolog D.N.Lev, 1966 yil Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti otryadi (A.A.Asqarov) tadqiqot ishlari olib borgan. Ayollar koʻmilgan 5 kabr ochilgan. Qabrda mayyitlar oʻng yoni bilan, boshi gʻarbga qarab egilgan holda koʻmilgan. Mozordan boy dafn ashyolari — geometrik naqshlar oʻyilgan ganchkor xum idish, tilla va jez sirgʻalar, usti tilla va kumush bilan qoplangan bilaguzuk, jun ip qoldiqlari saqlangan munchoqlar_, uzuk, oynalar va boshqa topilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil