Miyon Ishoq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miyon Ishoq madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Miyon Ishoq madrasasi Mirkon guzarida joylashgan bo‘lib, 14 hujradan iborat bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrda Movarounnahrda mujaddidiya-naqshbandiya sulukiga mansub hindistonlik shayxlar bir nechta bo‘lgan. Aksariyat hollarda ularning ismlarining oldiga „miyon“ so‘zi qo‘shib aytilgan. Bu ularning „alfisoniy“, yaʼni shayx Ahmad Sirhindiy izdoshlari yoki uning avlodlaridan biri ekanini ko‘rsatadi. Demak, Miyon Ishoqning ham mujaddidiy shayxlardan ekani maʼlum bo‘ladi. U madrasa bilan birga maktab ham qurdirgan. Vafot etgach madrasa yaqiniga dafn qilingan. Hozirda uning qabri tepasida tug‘i bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 336.