Mixail Bulatov
Mixail Bulatov | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Asl ismi | ruscha: Михаил Алексеевич Булатов | |||||||
Tavalludi |
25-oktyabr 1924-yil Verxnyaya Sanarka, Chelyabinsk viloyati | |||||||
Vafoti |
3-mart 2020-yil (95 yoshda) Kursk | |||||||
Fuqaroligi | SSSR | |||||||
Qoʻshin turlari | harbiy muhandislik | |||||||
Xizmatdagi yillari | 1942-1973-yillar | |||||||
Unvoni | ||||||||
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi | |||||||
Mukofotlari |
|
Mixail Alekseyevich Bulatov (ruscha: Михаил Алексеевич Булатов; 1924-yil 25-oktyabr — 2020-yil 3-mart) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.04.1945).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yil 25-oktyabrda Verxnyaya Sanarka qishlogʻida (Chelyabinsk viloyati) tugʻilgan. 1940-1942 yillarda Bulatov Qoraqalpoq ASSRning Chimboyda telefon ustasi boʻlib ishlagan. 1942-yilda Mixail Bulatov armiya safiga chaqirildi va Turkmanistonning Chardjouga (hozirgi Turkmanobod) evakuatsiya qilingan Orlov piyodalar bilim yurtiga oʻqishga yuborildi va harbiy sapyor mutaxassisligiga ega boʻldi.
1943-yil mart oyining oxirida Bulatov frontga 235-oʻqchi diviziyasi sapyorlar boʻlinmasiga kelib qoʻshildi va urushning oxirigacha shu boʻlinmada xizmat qildi. Belorussiya operatsiyasida, Vitebsk yaqinidagi janglarda qatnashgani uchun 1944-yil iyunda u kuchdagi razvedka paytida jasorat va qatʼiy harakatlari uchun „Shon-sharaf“ ordeni 3-darajali bilan taqdirlangan va birozdan keyin „Shon-sharaf“ ordeni 2-darajali bilan taqdirlangan. 1944-yil oktyabr oyida Latviyada Lielupe daryosini kesib oʻtishda tanklarni kuzatib borganligi uchun Bulatov ikkinchi Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Kyonigsbergning (hozirgi Kaliningrad) shimoli-gʻarbiy qismini shturm qilish vaqtida 235-oʻqchilar diviziyasi kuchli hujum qildi. Bulatov boʻlinmasiga tanklarni olib oʻtish mumkin boʻlgan yagona yoʻl Kyonigsberg — Raushen shossesini muhandis sifatida tekshirib chiqish vazifasi yuklatilgan. Razvedka paytida toʻrt jangchidan iborat guruh, shu jumladan, Bulatovning oʻzi ham nemislar tomonidan payqab qolinib, oʻqqa tutiladi. Ertalab tuman boʻlishi va koʻrinish yomon boʻlishiga qaramay, bir askar halok boʻldi, ikkitasi ogʻir yaralandi. Xizmatdoshlariga birinchi yordamni koʻrsatib, Bulatov yoʻl chetidagi ariq boʻylab berkinib bordi. Bulatov yoʻlga emaklab chiqib, yorilgan asfalt boʻlaklari ostida aviabombalari yashirilganligini koʻrdi va portlatgichlarni zararsizlantira boshladi. Dushman oʻqlari ostida qiyin boʻlishiga qaramay Bulatov shosse boʻylab harakatini davom ettirdi va umumiy hisobda 24 ta aviabombani zararsizlantirdi. Mixail Bulatovning soʻzlariga koʻra, zararsizlantirilgan bombalarning umumiy massasi 2,5 tonnani tashkil etgan[1].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi farmoni bilan „Sharqiy Prussiyadagi janglarda koʻrsatgan qahramonligi uchun“ katta serjant Mixail Bulatov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Bulatov mukofotni marshal Aleksandr Vasilevskiy qoʻlidan oldi. Urushdan keyin Mixail Bulatov harbiy xizmatni davom ettirdi va 1948-yilda Lvov harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomladi.1957-yilda kechki ishchi yoshlar maktabini tugatgan, Bulatov oʻrta maʼlumotga ega boʻldi va harbiy akademiyaga oʻqishga kirib, u yerda besh yil sirtdan oʻqidi. 1963-yilda Bulatov Vladimir Lenin harbiy-siyosiy akademiyasini tamomladi. 1973-yilda polkovnik unvonida armiya safidan boʻshatildi[2].
2003-yilda Doʻstlik ordeni, 2007-yilda Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. 2005-yil 21-sentyabrda Mixail Bulatovga „Kursk shahrining faxriy fuqarosi“ unvoni berildi[3]. 2020-yil 3-martda 95 yoshida vafot etdi[4]. Kursk shahridagi Nikitskiy qabristonidagi faxriy xiyobonga dafn qilindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ war-heroes.uz. „BULATOV MIXAIL ALEKSEYEVICH“.
- ↑ warheroes.ru. „Булатов Михаил Алексеевич“.
- ↑ „БУЛАТОВ, Михаил Алексеевич“.
- ↑ „Андрей Аркадьев. Умер Герой Советского Союза Михаил Булатов. Телеканал «Звезда».“. 2020-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- 25-oktyabrda tugʻilganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar
- 3-martda vafot etganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- Sovet gvardiyasi
- Polkovniklar (SSSR)
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- II darajali Shuhrat ordeni sohiblari
- III darajali Shuhrat ordeni sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Jukov medali sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Kenigsbergni ozod qilganlik uchun medali sohiblari
- I darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali
- II darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali
- Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya)
- Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari