Kontent qismiga oʻtish

Kenigsbergni ozod qilganlik uchun medali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
,
nomi: Kenigsberg ishgʻol qilingani sharafiga medali
mamlakat: SSSR
Turi: medal
Kimlarga berilishi: Kenigsberg shahri olinishi va ishgʻol qilinishida bevosita ishtirok etganlar uchun hamda shu shahar ishgʻol qilinishi tashkilotchilari, jang operatsiyalari boshliqlari va shu shaharning olinishi uchun xizmat koʻrsatganliklari uchun ushbu medal bilan taqdirlanishgan.
mukofotlanish asosi: Germaniya ustidan gʻalabaga erishish uchun koʻrsatgan botirligi,, turgʻunlik va mardlik hamda harbiy hizmatlari, jangovor operatsiyalardagi harakatlari bilan yordam koʻrsatganligi va oʻzinining muvaffaqiyatliligi uchun.
Holat: qoʻllanilmaydi
Taʼsis sanasi: 9-iyun 1945-yil
Oxirgi taqdirlanganlar soni: 760 ming. ortiq
Ordenlar orasidagi ahamiyati
Yuqori mukofot: medalidan
kichik mukofot: medalidan

Kenigsbergni ozod qilganlik uchun medali — bu medal SSSRning yuqori hukumat prezidumi koʻrsatmasi tomonidan 1945-yil 9-iyunda taʼsis etilgan. Medal Germaniyaga qarashli Kenigsbergni ishgʻol qilinishida bevosita ishtirok etganlarga, ishgʻolning tashkilotchilariga va jang operatsiyalari rahbarlariga berilgan. SSSRning nishonlari orasida Budapeshtni ozod qilganlik uchun medaldan keyingi oʻrinni egallaydi. 1987-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu medal bilan taqdirlanganlar soni deyarli 760,000 nafarni tashkil etgan.

„Kenigsberg ishgʻol qilinganligi uchun medali“ 32 mm diametrli toʻgʻri doira shaklida latun metalidan tayyorlanadi. Medalning tashqi yuzi tomonida, oʻrtaga „Kenigsberg ishgʻol qilingani uchun“ yozuv tushirilgan va yozuv ustida besh qirralik yulduz nur sochib turganligi tasvirlangan. Medalning orqa tomonida Kenigsberg shahri ishgʻol qilinish sanasi „10-aprel 1945-yil“ yozilib, uning ustida besh qirrali yulduzcha aks etgan[1].