Halimboy Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Halimboy Boboyev (1942.10,8, hozirgi Tojikiston Respublikasi, Shahriston tumani) — huquqshunos olim. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), yuridik fanlari d-ri (1993), prof. (1994). ToshDU yuridik fakultetini tugatgan (1970), fakultetda oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, dekan muovini, kafedra mudiri (1973—91). Toshkent davlat yuridik instituti prorektori (1991 — 92), davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri (1992—95), rektori (1995 yildan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston siyosiy va huquqiy qarashlarning tarixi, davlatchilikning rivojlanishiga bagishlangan. B. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etdi. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan). Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata (1994—99). Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi (1999 yildan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Amir Temur va temuriylar saltanati, T., 1996; Oʻzbek milliy davlatchiligi tarixi, T., 1999.