Metallurg (Stadion, Olmaliq)
| Joyi | Olmaliq, Oʻzbekiston |
|---|---|
| Qachon qurilgan | 1960-yil |
| Qachon ochilgan | 1960-yil |
| Egasi | AGMK futbol klubi |
| Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
| Yuzasi | tabiiy chim, grass |
| Hajmi | 11.000 (futbol) |
| Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
| Maydon egalari | |
| AGMK futbol klubi yoshlar jamoasi | |
Metallurg stadioni (ruscha: Стадион «Металлу́рг») — Oʻzbekistonning Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi koʻp maqsadli stadion.
Stadion tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yilda ochilgan, bir necha bor taʼmirlangan. Olmaliq shahri markazida, Olmaliqning eng yirik va bosh stadionidan 850 metr gʻarbda joylashgan — AGMK sport majmuasi stadioni 12 000 tomoshabinni sigʻdira oladi[1].
1965-1988 yillarda mahalliy „Metallurg“ futbol klubi oʻz uy uchrashuvlarini stadionda oʻtkazgan boʻlsa, 1990-1994 yillarda „Metallurg“ oʻrnini bosgan „Kimyogar“ ushbu stadionda oʻynagan.
2004-yilda „AGMK“ klubi tashkil etilgandan so‘ng (2009-2017-yillarda „Olmaliq“ deb atalgan) ushbu stadion 2008-yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasida (2018-yildan „Superliga“ deb nomlanib kelinayotgan) ushbu klubning uyiga aylangan. 2014-yilgacha Olmaliqda ikkinchi, zamonaviyroq AGMK stadioni qurilgunga qadar „Metallurg“ stadioni ushbu klubning asosiy uy arenasi hisoblangan.