Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)
| Toʻliq nomi | Metallurg (futbol klubi, Olmaliq) |
|---|---|
| Laqabi | Konchilar, olmaliqliklar |
| Asos solingan | 1966, 2003-yil |
| Tugatilgan | 1988-yil |
| Stadioni | Metallurg |
| Sigʻimi | 11 000 |
| Liga | Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi |
Metallurg Olmaliq (ruscha: Металлург (футбольный клуб, Алмалык) – Sovet Ittifoqi davrida tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol klubi. Metallurg jamoasi 1966-yilda Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida tashkil etilgan. 1966—1988, 2003, 2008—2009 yillarda professional klub sifatida faoliyat olib borgan. 2010-yildan jamoa Toshkent viloyati havaskorlar chempionatida ishtirok etmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1966—1969-yillarda SSSR chempionatining „B“ toifasida, 1970—1986-yillarda Oʻzbekiston SSR chempionatida, 1987—1988-yillarda esa SSSR chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
3 marta (1965/66, 1966/67 va 1967/68 yilgi mavsumlarda) SSSR kubogida ishtirok etib, turnirni dastlabki bosqichidayoq tark etgan.
Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etgan. 2003, 2008 va 2009-yillarda esa Oʻzbekiston Ikkinchi ligasining final bosqichida oʻynagan.
Stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub uy uchrashuvlarini 1960-yilda qurilgan va 11 000 tomoshabinga moʻljallangan shu nomdagi „Metallurg“ Olmaliq stadionda oʻtkazgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- Oʻzbekiston futbol klublari
- Toshkent viloyati futbol klublari
- 2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- 2003-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
- 1988-yilda tugatilgan futbol klublari
- SSSRda faoliyatini toʻxtatgan futbol klublari
- Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari
- Olmaliq futbol klublari