Kontent qismiga oʻtish

Mayk Antamanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mayk Antamanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mayk Antamanov
Tavallud sanasi 24-aprel 1987-yil (1987-04-24) (37 yosh)
Tavallud joyi Krasnoyarsk, RSFSR
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—h. v. Oklend
Milliy terma jamoa
2022—h. v. Yangi Zelandiya 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mayk Antamanov (ruscha: Антаманов, Майк, inglizcha: Mike Antamanov; 1987-yil 24-aprel, Krasnoyarskda tugʻilgan) – Yangi Zelandiyalik futzalchi, darvozabon ampulasida oʻynaydi. Mayk Yangi Zelandiya terma jamoasida oʻynaydi. Ikki marta OFC Millatlar Kubogi gʻolibi (2022, 2023). 2021-yilda Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchiisi boʻlgan[1].

Mayk Krasnoyarskda tugʻilgan. Maktabda oʻqigan davridan mini-futbol oʻynashni boshlagan. Talabalik yillarida Sibir federal universitetini Universiada musoboqalarida himoya qilgan va Krasnoyarsk oʻlkasi chempionatida „Yenisey-GKhK“ jamoasida oʻynagan. Madridda boʻlib oʻtgan atom sanoati va energetika xodimlari oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[2]. Yadro chiqindilarini saqlash inshootida ishlagan[3].

Mayk Moskvaga koʻchib oʻtgach, futzal unga daromad keltirmagani uchun mashgʻulotlarni toʻxtatgan. Keyinchalik Antamanov Rossiyadan Yangi Zelandiyaga koʻchib ketgan va u yerda boʻsh vaqtlarida futzal oʻynashda davom ettirgan[4]. Mayk East Coast Bays va Forrest Hill Milford klublarining tarkibida oʻynagan[5]. 2016-yilda Oklend klubi tarkibida Yangi Zelandiya milliy ligasida oʻynay boshlagan[6]. Uch marta mini-futbol boʻyicha Yangi Zelandiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. Antamanov mahalliy ligada oʻynab, maosh olmagan[7]. Yangi Zelandiyada u maktabda fan oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[8].

2021-yil oxirida Mayk Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan[9]. Rossiyalik darvozabonning muvaffaqiyatlari Yangi Zelandiya terma jamoasi murabbiylar shtabi eʼtiborini tortgan. Yangi Zelandiya futbol assotsiatsiyasi yordami bilan u fuqarolik olgan va FIFAdan Yangi Zelandiya terma jamoasi nomini sport musoboqalarida himoya qilish uchun ruxsat olgan. Uning terma jamoadagi debyuti 2022-yilda Okeaniyadagi mini-futbol boʻyicha asosiy turnir boʻlgan OFC Millatlar Kubogida boʻlib oʻtgan. Unda Yangi Zelandiya hal qiluvchi oʻyinda Solomon orollarini magʻlub etib (6:2) gʻolib boʻlgan. Antamanov turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida taqdirlangan[10].

2023 -yilgi navbatdagi Millatlar kubogi turnirida Yangi Zelandiya yana gʻalaba qozongan va bu terma jamoaga 2024-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini bergan. Antamanov yana turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan[11].

2024-yilning mart oyi holatiga koʻra, Antamanov Yangi Zelandiya terma jamoasi safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan[12].

  • OFC Millatlar kubogi gʻolibi: 2022, 2023-yillar
  • OFC Millatlar Kubogining eng yaxshi darvozaboni: 2022, 2023-yillar
  • Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchisi: 2021-yil
  • Yangi Zelandiya chempionatida yilning eng yaxshi darvozaboni: 2016[13], 2018[14], 2020-yillar[15]
  • Yangi Zelandiya chempioni: 2018-yil
  1. „NZF Awards“ (en). ultimatenzsoccer.com. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  2. „Михаил Антаманов - Русский вратарь из Красноярска, который является одним из самых лучших игроков Океании, едет на ЧМ 2024 в качестве первого номера в составе Новой Зеландии по футзалу.“ (ru). onefutsal.com (2024-yil 11-fevral). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  3. „Five Things to know about Mike Antamanov“ (en). sporty.co.nz (2018-yil 31-oktyabr).
  4. „Михаил Антаманов - Русский вратарь из Красноярска, который является одним из самых лучших игроков Океании, едет на ЧМ 2024 в качестве первого номера в составе Новой Зеландии по футзалу.“ (ru). onefutsal.com (2024-yil 11-fevral). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  5. „Mike ANTAMANOV“ (en). Auckland City FC. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  6. „Five Things to know about Mike Antamanov“ (en). sporty.co.nz (2018-yil 31-oktyabr).
  7. „Михаил Антаманов - Русский вратарь из Красноярска, который является одним из самых лучших игроков Океании, едет на ЧМ 2024 в качестве первого номера в составе Новой Зеландии по футзалу.“ (ru). onefutsal.com (2024-yil 11-fevral). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  8. „Five Things to know about Mike Antamanov“ (en). sporty.co.nz (2018-yil 31-oktyabr).
  9. „NZF Awards“ (en). ultimatenzsoccer.com. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  10. „OFC Futsal Cup 2022“ (pt). zerozero.pt. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  11. „Lea’alafa emerges as Golden Boot Winner at OFC Nations Cup“ (en). Solomon Star News (2023-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  12. „NZ Football“ (en). nzfootball.co.nz. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  13. „Auckland Football Federation Annual Report 2016“ (en) (2017-yil 21-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  14. „Futsal title returns to Auckland“ (en). sporty.co.nz (2018-yil 11-dekabr).
  15. „Futsal Navy Blues crowned champions“ (en). Auckland City FC. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.