Jared Leto: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Luckas-bot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: co:Jared Leto
Alexbot (munozara | hissa)
k r2.5.2) (Bot Qoʻshdi: zh:杰瑞德·莱托
Qator 186: Qator 186:
[[tr:Jared Leto]]
[[tr:Jared Leto]]
[[uk:Джаред Лето]]
[[uk:Джаред Лето]]
[[zh:杰瑞德·莱托]]

5-Dekabr 2010, 03:58 dagi koʻrinishi

Jared Leto
Tavalludi 1971 yil, 26 dekabr
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi aktyor, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1992 - bugun
Yoʻnalish drama, triller

Jared Leto (1971-yil 26 dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi.

Biografiya

Bolalik va yoshlik

1971-yil 26 dekabrda Luiziana shtatining Bosser Siti shahrida tugʻilgan. San'atga boʻlgan ishtiyoqi unda onasi Konstans tufayli paydo boʻlgan. Onasi Leto va uning ukasi Shennonni har tomonlama qoʻllar edi. Leto faol va oʻziga ishongan bola boʻlib oʻsadi. 12 yoshida u Virjiniyadagi kichik ovqatlanadigan joyda idish yuvuvchi ishiga kiradi, 16 yoshida esa shveysarlik qilar edi. Hayotining ilk yillarida Leto oilasi bilan koʻp sayohat qilardi, u Gaiti va Koloradodagi kommunada yashashga ulgurgan. "Onamning otasi havo harbiy kuchlari tarkibiga kirar edi", - aytadi Leto, - "shuning uchun koʻchmanchilik hayoti odatiy hol edi". Maktabni tugatish paytiga kelib, Jared oʻz hujjatlarini Filadelfiyadagi sanʻatlar Universitetiga topshiradi va u yerga qabul qilinadi. U tasviriy san'at yoʻnalishini tanlaydi. Vaqt oʻtib, Jared hujjatlarini olib ketib, Nyu Yorkdagi tasviriy san'atlar Universitetiga oʻtadi. Studentlik paytida Leto oʻzi stsenariy yozadi va oʻzining filmi "Crying Joy"da bosh rollardan birini ijro etadi.

Karyerasining boshlanishi

U aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu Yorkdan Los Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan "Mening aytarli hayotim" serialida Jordan Katalanoning roli boʻladi (bu serialda u Kler Deyns bilan oʻynaydi). Kler Deynsning hohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining "Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi" roʻyhatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.

Mashhurlik

1994-yili Alisiya Silverstoun bilan birgalikda mustaqil film - "The cool & the crazy"da suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli "Qiyqimli koʻrpa" (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder (Vaynona Rayder) bilan birga oʻynaydi. Soʻng u Summer Fling (1996) filmida Christina Ricci (Kristina Richchi) bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro etadi.

Jared Leto bugun

Fayl:Rekviem.jpg
Jared Leto va Jennifer Connelly, "Orzu boʻyicha rekviem" filmidan kadr

Jared katta ekranga 1999-yili "Jang klubi" va "Toʻhtatilgan hayot"dagi ishlari bilan qaytdi. 2000-yil Jared uchun psihologik trillerlar yili boʻldi - "Amerikalik jinni" va "Orzu boʻyicha rekviem". Birinchi filmda Jared ikkinchi darajali rolga tasdiqlangan boʻlsa, "Rekviem..."da unga bosh rolni berishadi. Geroinga oʻrganib qolgan bruklinlik yigitchani oʻynab, Leto afsonaviy Ellen Burstyn (Ellen Berstin) va "Oskar" mukofotining boʻlajak sohibi Jennifer Connelly (Jennifer Konnelli) bilan bir aktyorlik tarkibida boʻladi. Navbatdagi filmlar - "Bugi stilidagi tun", "Botish chizigʻi" va Tarantinoning "Shosse"si videoprokatning tahlamlariga tez boradi. Jared David Fincher (Devid Fincher)ning eng mashhur ikki filmida: shov-shuvli "Jang klubi" va "Qoʻrqinch honasi" (2002) juda qoʻl keladi. Ikkinchi filmda u Jodie Foster (Jodi Foster)ni terrorlagan uch bosqinchidan eng koʻp gapiradigan va besoʻnaqayini oʻynaydi. Uning ohirgi proektlariga Oliver Stone (Oliver Stone)ning epopeyasi "Aleksandr", xalqaro triller "Qurol-yarogʻlar baroni" va John Lennon (Jon Lennon)ning qotili - Mark Chepmen haqidagi "27-qism" filmi kirdi.

Jared Leto shuningdek, oʻzi va ukasi Shennon 1998-yili asos solgan 30 Seconds to Mars alternativ rok-guruhining vokalchisidir. Hozirgi vaqtda guruhda 4 ishtirokchi: Jared - musiqa va qoʻshiqlar muallifi va gitara, Shennon - barabanchi, Mett Vokter - bas-gitara va Tomo Milishevich - gitara. Ularning birinchi albomi 2002- yili yozilgan va guruh nomi bilan atalgan. Ikkinchi albom - A Beautiful Lie 2005-yili chiqqan.

Filmografiya

Yil Oʻzbekcha nomi Original nomi Personaj
1995 Qiyqimli koʻrpa How to Make an American Quilt Bek
1996 Buyuk qirollardan soʻnggisi The Last of the High Kings Frenki Griffin
1997 Prefonteyn Prefontaine Stiven Prefonteyn
1997 Amerika argʻimchoqlari Switchback Len Dikson
1998 Bezil Basil Bezil
1998 Shahar afsonalari Urban Legend Pol
1998 Ingichka qizil chiziq The Thin Red Line ikkinchi leytenant Uayt
1999 Qora va oq Black and White Keysi
1999 Jang Klubi Fight Club Farishtacha
1999 Toʻxtatilgan hayot Girl, Interrupted Tobias "Tobi" Jekobs
2000 Amerikalik jinni American Psycho Pol Allen
2000 Orzu boʻyicha rekviem Requiem for a Dream Garri Goldfarb
2000 Seks, narkotiklar va Sanset Strip Sunset Strip Glen Uolker
2001 Muhabbat hamma narsani oʻzgartiradi Sol Goode
2001 Shosse Highway Jek
2002 Qoʻrqinch xonasi Panic Room Junior
2004 Aleksandr Alexander Gefestion
2005 Qurol-yarogʻlar baroni Lord of War Vitaliy Orlov
2006 Yolgʻiz yuraklar Lonely Hearts Raymon Fernandes
2007 27-qism Chapter 27 Mark Chepmen

Havolalar