Madrasa — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
qisqa izoh tahrirlanmadi
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
[[File:Sirajul Islam Madrasa.jpg|thumb|Madrasa]]
 
'''Madrasa'''([[Arab tili|Arab.]]:مدرسة - dars oʻqitiladigan joy, darsxona) - [[islom]]da oʻrta va oliy maxsus diniy oʻquv yurti. Yaqin va [[Oʻrta Sharq mamlakatlari]]da [[ulamo]]lar va maktabdorlar, davlat idora xodimlarini tayyorlagan. [[Islom mamlakatlari]]da Madrasa haqidagi ilk maʻlumotlar 10-asrga oid boʻlib, ular [[Xuroson]] va [[Movarounnahr]]da joylashgan. 11-asrdan boshlab yetakchi oʻquv yurtiga aylangan, bungacha taʻlim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, [[mehmonxona]]lar, [[kutubxona]]lar, [[kasalxona]]larda olib borilgan. Madrasalar [[vaqf]] hisobiga taʻsis etilgan. Madrasada [[mudarris]]lar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, oʻquv jihozlari (daftar, kitob, kalam va boshqalar) va turar joy bilan taʻminlangan. Madrasalar 11-12-asrlarda [[Oʻrta Osiyo]]ning barcha yirik shaharlarida boʻlgan. Madrasaga maktabni tugatgan oʻspirinlar qabul qilingan. Oʻrta Osiyodagi Madrasalarda [[Arab tili|arab]] va [[fors tili]]da yozilgan - [[Qurʻon]], [[hadis]]lar, [[shariat]] qonunlari oʻrgatilgan. Ayrim Madrasalarda [[tibbiyot]], [[aruz ilmi]], [[falsafa]], [[geografiya]] va boshqa fanlar oʻqitilgan. Hozir jahondagi koʻp xorijiy [[musulmon]] mamlakatlarning Madrasalarida diniy taʻlim bilan birga dunyoviy bilimlar ham oʻqitiladi.
 
63

ta tahrir

Navigatsiya