Kontent qismiga oʻtish

Matias Rust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matias Rust

Matias Rust, 2012-yil
Tavalludi 1-iyun 1968-yil (56 yosh)
Fuqaroligi Germaniya
Kasbi uchuvchi, poker o'yinchisi, urushga qarshi aktivist

Matias Rust (nemischa: Mathias Rust) – 18 yoshida Gamburgdan Reykyavik va Xelsinki orqali Moskvaga oʻz yengil motorli samolyotida parvozni amalga oshirgan nemis havaskor uchuvchisi. U 1987-yil 28-mayda (SSSR chegara qoʻshinlari kunida) hech qanday toʻsqinliklarsiz katta Moskva koʻprigiga qoʻnishga muvaffaq boʻlgan[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rust 1968-yil 1-iyunda AEG konsernida injener-elektrik hisoblangan Karl-Xayns Rust va Monika Rustlar oilasida dunyoga keladi. Otasi uni 5 yoshida ilk marotaba aerodromga olib kelganidan boshlab Matias parvozlarni qilishni orzu qila boshlaydi. U 1986-yilda Gamburg aeroklubida uchuvchilik litsenziyasini oladi.

1987-yilda u butun dunyoda shov-shuv boʻlgan Moskva parvozini amalga oshiradi. Ushbu harakatlar uchun SSSR sudi tomonidan bezorilikda ayblanib 4 yil ozodlikdan mahrum qilinadi. 1988-yilda amnistiya tufayli ozod qilinadi va GFRga qaytadi. Germaniyaga qaytishi bilan uni uchuvchilik guvohnomasidan mahrum qilishadi.

1989-yil noyabr oyida, Rissen kasalxonasidagi koʻngilli xizmat davomida u bilan uchrashuvga chiqishni rad etgan xamshiraga pichoq bilan jarohat yetkazadi. Buning uchun 1991-yili 4 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi, lekin 15 oydan soʻng qamoqdan ozod qilinadi. Oyoq kiyim savdosi bilan shugʻullanadi. Bolalar uyiga ehsonlar qilib turadi.

1994-yilda u yana Moskvaga boradi. 3 hafta davomida Mixail Gorbachov bilan uchrashishga harakat qiladi lekin uchrasha olmaydi.

Uzoq muddat davomida u Trinidadda yashaydi. 1997-yilda Bombeylik choy savodagirining qizi boʻlgan Gira ismli hind qiziga uylanadi. Nikoh toʻyidan soʻng xotini bilan Germaniyaga qaytib keladi.

2001-yil aprel oyida Rust univermagdan sviter oʻgʻirlaganlikda gumonlanib sud qilinadi. Buning natijasida 10 000 nemis markasi miqdoridagi jarimaga tortiladi. Yashash uchun poker oʻyini orqali pul topgan. Shuningdek, 2012-yildagi intervyusida yoga boʻyicha instruktor va bank analitikasi sohalarida ham ishlaganligini aytib oʻtadi.

Rustning memuarlari 2012-yilda, mashhur parvozining 25 yilligida chop etiladi[3].

Rustning samolyotiga 2008-yilga qadar boy yapon biznesmeni egalik qilgan (samolyot qay tariqa unda boʻlganligi haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas). U „Sesna“ni vaqt oʻtishi bilan qimmatlashadi degan fikrda omborda saqlagan[4][5]. 2008-yilda samolyot Germaniya texnika muzeyi tomonidan sotib olinadi. Hozirda samolyotni muzeyning fayesida koʻrish mumkin.

Moskvaga parvoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlangʻich yoʻnalish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flight path.

1987-yil 13-mayda Matias Rust Iterzen (nemischa: Uetersen) shahri aeroportidan, arendaga olingan va 2-qator oʻrindiqlari oʻrniga yoqilgʻi baklari qoʻyish orqali modifikatsiya qilingan „Sesna-172 Skayxok“ samolyotida, Shimoliy dengiz orqali dastlab Shetland orollaridagi aerodromlardan biriga qoʻnadi. Keyingi kuni Rust Vagarga (Farer orollari) yoʻl oladi.

15-may kuni Rust Islandiyaga (Keblavik aeroporti) parvozni amalga oshiradi. U yerda Xovdi – 1986-yilda Ronald Reygan va Mixail Gorbachov uchrashuvi boʻlib oʻtgan joyga boradi.

22-may kuni Rust Bergen shahriga (Norvegiya), u yerdan esa 25-may kuni Xelsinki (Finlandiya) shahriga parvoz qiladi. Gamburgdan deyarli 2600 mil masofani bosib oʻtgan Matias aynan oʻshanda oʻz maqsadiga yetish uchun yetarli koʻnikmalarga ega ekanligini tushunib yetadi.

28-may tongida u aeroportga kelib samolyotini yoqilgʻisini tekishganidan soʻng dispetcherga Stokgolm sari 2 soatlik parvozni amalga oshirishi haqida maʼlumot berida. Rustning soʻzlariga koʻra, agar Moskvaga sari parvozdan voz kechgudek taqdirda bu dispetcherga aytgan yoʻli orqali ortga qaytardi.

Moskva sari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soat 13:21 da Rust parvozini boshlaydi. 20 minutdan soʻng uning samolyoti aeroport nazorati ostidagi hududdan chiqadi. Rust barcha aloqa vositalarini oʻchirgan holda yoʻnalishni va eshelonni oʻzgartirgan holda 200 metr balandlikda Boltiq dengizi sohil chizigʻi boʻylab uchib oʻtadi. Dispetcherlar Rust bilan aloqani tiklay olmagach qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshlaydi. Fin qo'ltig'i sohilboʻyi chizigʻidan 40 km uzoqlikda qutqaruvchilar suvda yoqilgʻi dogʻini koʻrishadi va Rustning samolyoti aviahalokatga uchragan deb tahmin qilishadi; haqiqatga yetish uchun qoʻshimcha kuchlar jalb qilinadi. Bu vaqtda Rust Koxtla-Yarve shahri oldida SSSR chegarasini kesib oʻtadi va Moskva tomon yoʻl oladi.

Rustning motivi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyoning turli xil OAVlari Rustning parvozi haqida turli xil versiyalarni aytishgan, ularning ichida vaʼdani bajarish, qizga yoqish kabi versiyalar ham bor edi.

Rustning oʻzi esa 20 yildan soʻng, 2007-yil bergan intervyusida oʻzining motivlarini quyidagicha ifodalaydi:

U paytda men moʻjizalarga ishonardim. Hamma narsaning iloji borligiga, amalga oshishiga ishonardim. Mening parvozim sharq va gʻarb oʻrtasida koʻrinmas koʻprik yaratishi kerak edi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Notorious Flight of Mathias Rust“.
  2. https://www.armscontrolwonk.com/archive/604381/a-cessna-sized-hole-in-the-iron-curtain-revisited/
  3. Der plötzliche Reichtum des Kreml-Fliegers Rust ( at www.welt.de Error: unknown archive URL 20171216023346 sanasida arxivlangan) 6. Juni 2009(olm.)
  4. German man who landed his jet on Red Square 20 years ago returns to Russia ( at english.pravda.ru Error: unknown archive URL 20091011011504 sanasida arxivlangan) // Pravda. Ru, 30.05.2007(ingl.)
  5. „Фото самолёта Руста в парке в Японии“ (deadlink). 2007-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-dekabr.
  6. „Матиас Руст разговорился через 25 лет после полёта на Красную площадь: безответственный был“. NEWSru.com (2012-yil 14-may). 2012-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]