Marina Brunello

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marina Brunello

Marina Brunello (1994-yil 16-iyunda tugʻilgan) — italiyalik shaxmatchi. U xalqaro shaxmat ustasi va ayol grossmeyster unvonlariga ega.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Bratto shahrida Brunello ayollar shaxmati boʻyicha Italiya chempionatida gʻolib chiqdi[1]. 2011-yilda „Reggio Emiliyada Torneo di Kapodanno“ („Yangi yil turniri“) ayollar oʻrtasigi oʻtkazilgan turnirda (Sopiko Guramishvili gʻalaba qozongan) uchinchi oʻrinni egalladi[2]. Brunello 2018-yilda Olga Ziminani magʻlub etib, ikkinchi marta ayollar oʻrtasidagi Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi[3].

Marina Brunello Italiya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan[4]. Jumladan;

  • 2006-yilda Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida birinchi zaxira taxtasida (+1, =3, −4),
  • 2008-yilda Drezdenda oʻtkazilgan 38-shaxmat Olimpiadasida, toʻrtinchi oʻrinni egalagan (+3, =2, −3),
  • 2010-yilda Xanti-Mansiyskda oʻtkazilgan 39-shaxmat olimpiadasida uchinchi oʻrinni egalagan (+2, =6, −3),
  • 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan 40-shaxmat olimpiadasida uchinchi oʻrinni egalagan (+6, =2, −2),
  • 2014-yilda Tromsyo shahridagi 41-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi oʻrinni egallagan (+5, =2, −3),
  • 2016-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat olimpiadasida ikkinchi oʻrinni egalagan (+6, =4, −1).

U 2018-yilda Batumida bo‘lib o‘tgan ayollar olimpiadasida to‘rtinchi bortda oltin medalni qo‘lga kiritdi[5].

Brunello Italiya terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida oʻynagan[6]. Jumladan;

  • 2009-yilda Novi Sadda oʻtkazilgan 8-jamoaviy Yevropa shaxmat chempionatida uchinchi oʻrinni egalagan (+2, =5, −1),
  • 2011-yilda Portu Karrasda oʻtkazilgan 9-jamoaviy Yevropa shaxmat chempionatida uchinchi oʻrinni egalagan (+5, =2, −2),
  • 2013-yilda Varshavada oʻtkazilgan 10-jamoaviy Yevropa shaxmat chempionatida uchinchi oʻrinni egalagan (+5, =2, −2),
  • 2015-yilda Reykyavikda oʻtkazilgan 11-jamoaviy Yevropa shaxmat chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan (+5, =3, −1).

2010-yilda u FIDE tomonidan ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi va toʻrt yildan soʻng FIDE ustasi (FM) unvoniga ham erishdi bu esa juda qisqa vaqtda yuz bergani uchun koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi. 2016-yilda Brunello ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi, uch yildan soʻng esa xalqaro usta (IM) unvoniga sazovor boʻldi[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Campionato Italiano Femminile“ (it). LOTO - Lost Tournaments. FSI - Federazione Scacchistica Italiana.
  2. 54 Torneo di Capodanno — Woman. chess-results.com.
  3. Bertagnolli. „Surprise winner at the Italian Championship“. Chess News. ChessBase (2018-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  4. Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Marina Brunello“. www.olimpbase.org.
  5. Shah. „The closing ceremony that rocked Batumi“. Chess News. ChessBase (2018-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  6. Bartelski. „OlimpBase :: European Women's Team Chess Championship :: Marina Brunello“. www.olimpbase.org.
  7. „Titles approved by Q3 2019 Presidential Board“. www.fide.com (2019-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.