Marcelo José Bordon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marcelo José Bordon (portugalcha: Marcelo José Bordon; 1976-yil 7-yanvar, Ribeirao Preto, San-Paulu) — braziliyalik futbolchi, himoyachi hisoblanadi.

Marcelo José Bordon Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism sharifi

Marselo Joze Bordon

Tugʻilgan

7-yanvar 1976-yil (1976-01-07) (46 yosh)
Ribeyran-Pretu, shtat San-Paulu, Braziliya

Fuqaroligi
Boʻyi

189 cm

Pozitsiyasi
Klub haqida maʼlumotlar
Klub

Faoliyatini tugatgan

Yoshlar klublari
1983—1993 Flag Brazilii Botafogo (Ribeyran-Pretu)
1993—1995 Flag Brazilii San-Paulu
Klubdagi faoliyati
1995—1999 Flag Brazilii San-Paulu 73 (2)
2000—2004 Flag Germanii Shtutgart 129 (11)
2004—2010 Flag Germanii Shalke 04 168 (14)
2010—2011 Flag Katara Er-Rayyan 11 (1)
Milliy terma jamoada
2004 Flag Brazilii Braziliya 1 (0)
Xalqaro medallari
Amerika kubogi
Oltin Peru 2004
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bordon oʻz faoliyatini „Botafogo“ klubi akademiyasida Ribeyran-Pretudan boshlagan. 17 yoshida u „San-Paulu“ futbolchisiga aylangan va u yerda 1999-yilning oxirigacha oʻynagan[1].

„Shtutgart“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil yanvar oyida Bordon Germaniyaning „Shtutgart“ klubiga oʻtdi[2]. Braziliyalik futbolchi tezda yangi klubiga moslashdi va oxir-oqibat "Bundesliga"ning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylandi[3]. 2003-yil 16- sentyabrda Bordon Chempionlar ligasidagi debyutini Shotlandiyaning „Reynjers“ klubiga qarshi 1:2 hisobida oʻtkazgan. Marselo nafaqat yuqori himoyaviy mahorati, balki sermahsul hujumkor o‘yini bilan ham tanilgan edi. 2004-yil 28-mart kuni u „Verder“ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan[4].

„Shalke 04“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilning yozida Bordon 4 million yevro evaziga "Shalke-04"ga oʻtgan. Yangi klubi uchun birinchi mavsumda u 27 liga oʻyinida maydonga tushdi. Soʻnggi turda „Frayburg“ga qarshi oʻyinda Bordon „Shalke“ning dastlabki ikkita golini kiritgan. 2005-2006-yilgi mavsumda Marselo „Kobalt“ tarkibida Germaniya liga kubogi sohibi boʻlib, finalda „Shtutgart“ni (1:0) magʻlub etgan.

2006-2007-yilgi mavsumda Bordon „Shalke“ sardoriga aylandi hamda chempionatda ikkinchi oʻrinni egalladi. 2007-2008-yilgi mavsumda braziliyalik futbolchining beshta goli „Shalke“ga uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga qayta yo‘l olishiga yordam berdi. Bundan tashqari, joriy mavsumda gelzenkirxenliklar tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining chorak finaliga yoʻl olishdi va u yerda IspaniyaningBarcelona“ jamoasiga magʻlub boʻlishdi.

Keyingi mavsum na klubga, na futbolchiga omad keltirmadi. „Shalke“ yevrokuboklarga chiqa olmadi, shi bilan birga UEFA kubogi guruh bosqichidan so‘ng quyi ligaga tushib ketdi.

2009-2010-yilgi mavsumda „Shalke“ Bundesliganing kumush medali sohibiga aylangan va Bordon birinchi marta bitta ham gol ura olmagan. 2010-yilning 5-iyulida klub braziliyalik bilan amaldagi shartnomani 2011-yilgacha bekor qilganini eʼlon qildi. Bordon umumiy hisobda „Shalke“ safida Bundesligada 168 ta, yevrokuboklarda 36 ta , Germaniya kubogida 18 ta va Germaniya liga kubogida 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.

„Er Rayyon“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bordon 2010-2011-yilgi mavsumni Qatarning „Er Rayyan“ klubida oʻtkazgan hamda chempionatning 11 oʻyinida bitta gol urgan. 2011-yilda u futboldagi faoliyatini yakunlagan.

2011-yil 9-iyulda uning xayrlashuv uchrashuvi Veltins Arenada boʻlib oʻtdi va Bordon ham „Shalke“ shon-sharaf zaliga saylandi.

Braziliya terma jamoasi safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bordon Braziliya terma jamoasi safida 2004-yilda Vengriyaga qarshi bitta o‘yin o‘tkazgan. U 2004-yilgi Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan, u yerda braziliyaliklar finalda Argentinani magʻlub etishgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya bayrogʻiSan-Paulu

  • KONMEBOL kubogi sohibi: 1994-yil
  • KONMEBOL kubogi gʻoliblari kubogi sohibi: 1996-yil
  • Paulista ligasi gʻolibi: 1998-yil

Shtutgart

  • Intertoto kubogi gʻolibi (2): 2000, 2002

Shalke 04

  • Germaniya Ligasi kubogi sohibi: 2005-yil

Braziliya bayrogʻi Braziliya terma jamoasi

  • Amerika kubogi gʻolibi: 2004-yil

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Mamlakat Yillar
São Paulo FC Braziliya 1994-1998
VfB Stuttgart Braziliya 1999-2004
FC Schalke 04 Braziliya 2004-2010
Al-Rayyan Club Braziliya 2010-2011

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. BORDON marcelo jose // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  2. Marcelo Bordon // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  3. Marcelo Bordon // filmportal.de — 2005.
  4. „Beim 4:4 zwischen Stuttgart und Bremen erzielt Marcelo Bordon drei Tore für den VfB – spielt er schon ab Juli in Schalke?“. 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.