Marcel Desailly

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marcel Desailly (fransuzcha: Marcel Desailly)—fransuz futbolchisi.Himoyachi va tayanch yarim himoyachi nuqtasida oʻynagan.1968-yil 7-sentabrda Gananing Akkra shaxrida tugʻilgan."Olimpik Marsel", „Milan“, „Chelsi“ klublarida va Fransiya terma jamoasida 10 yil oʻynagan.Terma jamoa bilan 1998-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan.YUNISEF ning Gana tomondan yaxshi niyat elchisi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻilganda Odenke Abbey ismini olgan (inglizcha: Odenke Abbey), onasi barcha bolalarini asrab olgan fransuz diplomatiga turmushga chiqqandan keyin Marsel ismini oldi. U Fransiyaga 4 yoshida kelgan va oʻz faoliyatini „Nant“da boshlagan.1986-yili oʻzining ilk professional shartnomasini imzoladi.Desailly 1992-yilda „Marsel“ga koʻchib oʻtdi va keyingi yili u bilan Yevropa Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi.Finalda fransuzlar Desaillyning navbatdagi klubi boʻladigan Italiyaning „Milan“ klubini magʻlub etishdi.1994-yilda Marsel muvaffaqiyatini yangi klubi ham bilan takrorladi. „Milan“ futbolchisi sifatida u ikki marta 1994 va 1996-yillarda Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

Desaillyning keyingi klubi „Chelsi“ boʻlib, u yerda 2003/04-yilgi mavsum oxirigacha oʻynagan.U jamoada 2001-yildan 2004-yilgacha sardorlik qilgan.

2004-yilda 36 yoshli Desailly Qatarning „Al-Garafa“ klubiga oʻtdi va u yerda jamoa sardori boʻldi.Fransiyalik murabbiy Bruno Metsyu boshchiligida ular 2005-yilda Qatar chempionligini qoʻlga kiritdilar.Keyin Marsel „Qatar SC“ klubiga oʻtdi va u bilan chempionatda ikkinchi oʻrinni egalladi.Shundan soʻng Desailly professional faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desailly 1993-yilda terma jamoada debyut qilgan, biroq 1996-yildagina asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.U 1998-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning muhim boʻgʻini edi.Ikki yil oʻtgach, fransuzlar 2000-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozonib, yana bir chempionlikni qoʻlga kiritdilar.Musobaqa yakunida Desailly terma jamoa sardori boʻldi, chunki sobiq sardor Didye Desham faoliyatini tugatdi.2001 va 2003-yillarda Fransiya terma jamoasi Konfederasiyalar kubogini qoʻlga kiritdi.

2003-yilning aprel oyida Desailly Fransiya terma jamoasi safida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord oʻrnatdi.2004-yilgi Yevropa chempionatidan keyin Marsel faoliyatini yakunladi.Keyinchalik uning rekordini 2006-yilgi Jahon chempionatida Lilian Thuram yangiladi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy

"Marsel"

"Milan"

"Chelsi"

"Al-Garafa"

Fransiya terma jamoasida

Shaxsiy

Telvideniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilgi Jahon chempionatida Desailly Bi-Bi-Si kanalida futbol uchrashuvlarini tahlil qildi.2008-yilgi Afrika Millatlar kubogi va 2008-yilgi Yevropa chempionatida ham tahlilchi sifatida televideniyada faoliyat yuritdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.championat.com/tags/4722-marsel-desaj
  2. https://www.sports.ru/tags/3073092/
  3. https://www.livelib.ru/book/1001039430-desaji-marsel
  4. Ofitsialniy sayt Marselya Desayi(frans.)(ingl.)