Mandali (Iroq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mandali
Shaharcha
33°44′53″N 45°33′18″E / 33.74806°N 45.55500°E / 33.74806; 45.55500 G OKoordinatalari: 33°44′53″N 45°33′18″E / 33.74806°N 45.55500°E / 33.74806; 45.55500 G O
Mamlakat Iroq
Muhofazot Diyala muhofazoti
Tuman Balad Ruz tumani
Aholisi
29,882 — 50,000[1][2]
Vaqt mintaqasi UTCAST +3
Mandali xaritada
Mandali
Mandali

Mandali (arabcha: مندلي[3], kurdcha: مەندەلی[4][5]) Iroqning Diyala muhofazotidagi Balad Ruz tumanida joylashgan shaharcha. Iroq va Eron chegarasi yaqinida joylashgan. Shaharchada arablar, kurdlar va turkmanlar aralash yashaydi[6][7]. Mandali Iroq federal hukumati va Kurdiston hukumati oʻrtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. Saddam Husayn davrida arablashtirishni boshdan kechirgan[8].

Mandali oʻzining palma bogʻlari va xurmolari bilan mashhur[9].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandalining sobiq nomi Bendink boʻlib[10], kurd amirligi Bani Amzning poytaxti edi[11]. Kurdlar 1947-yilda aholining 50% qismini tashkil qilgan va 1950-yillarda ham koʻpchilik aholi maqomini saqlab qolgan[12][13]. 1975-yilda kurd harakati qulagandan keyin 4000 ga yaqin kurd oilasi deportatsiya qilingan yoki shaharni tark etgan[14].

1980-yil sentyabr oyida Eron — Iroq urushi paytida shahar va boshqa yaqin qishloqlar Eron kuchlari hujumiga uchragan[15]. 1977-yilda shahar aholisi 25,656 kishini tashkil etgan boʻlsa, 1987-yilda 8,092 kishiga kamaygan. 1987-yilda respublika qarori bilan Mandali biriktirilgan Baladruz tumani tashkil etildi[11].

Chegara savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Soumar chegara bozoriga yaqin joyda joylashgan boʻlib, Eron bilan savdo ayirboshlash yoʻlga qoʻyilgan[16].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „City (Town) Mandali: Map, population, location“.
  2. „Iranian influence seeping into Iraq“. Al Arabiya. 2011-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
  3. „قوات الرد السريع والحشد الشعبي تسيطران على منفذي مندلي والمنذرية“ (ar). Rûdaw (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  4. „6 polîsên Iraqê li Mendelî hatin kuştin“ (ku). ROJ News. 2019-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  5. „مەندەلی.. تیرۆریستانی داعش هێرشیان کردە سەر هێزێکی سوپای عێراق“. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  6. „Mandali“. www.globalsecurity.org. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
  7. „Kurds push for Mandali Mayor office“ (en). Kirkuknow. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  8. Kane, Sean „Iraq's Disputed Territories“ (2011). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  9. „مندلي مدينة المليون نخلة تستغيث“. Azzaman (2014-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
  10. المندلاوي, عمران. مندلي عبر العصور. العراق: دار الحرية للطباعة, 1985. 
  11. 11,0 11,1 Ihsan, Mohammad, Administrative Changes in Kirkuk and Disputed Areas in Iraq 1968-2003, 57-bet
  12. Kurds, Turks and Arabs, Politics, Travel and Research in North-Eastern Iraq, 1919-1925. Oxford University Press, 1957 — 440 bet. 
  13. Edmonds, C.J. (1957). "The Kurds of Iraq". Middle East Journal 11 (1): 52–62. https://www.jstor.org/stable/4322870. 
  14. Kane, Sean „Iraq's Disputed Territories“ (2011). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  15. „Mandali“. Global Security. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  16. „Iran, Iraq resume trade activity in Mandali border crossing“.