Mamadiyor Qahhorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamadiyor Qahhorovich Qahhorov
Tavalludi 1923-yil
hozirgi Buxoro viloyati Olot tumani Xalifa qishlog‘i
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Kasbi qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha olim
Sohasi qishloq xo‘jaligi, geliotexnika
Taʼlimi Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti) Fizika-matematika fakultetining fizika bo‘limi
Ilmiy darajasi qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi
Tezis sarlavhasi

„Paxta urug‘i (chigit)ni ekish oldidan quyuqlashtirilgan quyosh nuri bilan

impulsli nurlantirishning ahamiyati“ (nomzodlik, 1973-yil)

Mamadiyor Qahhorovich Qahhorov (1923-yilda tug‘ilgan) — geliotexnika sohasi olimi, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.

Ta’limi va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamadiyor Qahhorov 1923-yil 9-mayda hozirgi Buxoro viloyati Olot tumanining Xalifa qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Olot tumanidagi sobiq Kirov nomli o‘rta maktabni tugatgan. 1942—1945-yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1949-yili Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning Fizika-matematika fakulteti fizika bo‘limini tugatib, o‘zi o‘qigan maktabda fizika o‘qituvchisi va ilmiy bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 1950—1952-yillarda shu maktab direktori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1952—1956-yillarda Buxoro qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilik qilgan.

Mamadiyor Qahhorov 1954-yildan boshlab 1998-yilgacha Buxoro davlat pedagogika instituti (1993-yildan Buxoro davlat universiteti) Fizika-matematika fakultetida va keyinchalik Umumiy texnika fanlari va mehnat fakultetida dotsent lavozimida ishlagan[1]. Institutda ish faoliyatini assistentlikdan boshlab dotsentlik darajasigacha ko‘tarilgan. 1963-yilda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti (hozirgi „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti)ni sirtdan o‘qib tugatgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamadiyor Qahhorov 1973-yil qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Ilmiy ishining mavzusi — „Paxta urug‘i (chigit)ni ekish oldidan quyuqlashtirilgan quyosh nuri bilan impulsli nurlantirishning ahamiyati“[2]. Bu usul paxta hosildorligini 4—5 sentner/gektarga oshirish va sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi hamda Toshkent viloyatidagi jamoa xo‘jaliklarida professor G‘.Y.Umarov rahbarligida sinovdan o‘tkazilib, yaxshi natijalarga erishiladi.

Ilmiy ishi natijalari bo‘yicha „Geliotexnika“ jurnalida hamda Olmaota, Yerevan, Kishinyov, Kiyev va Toshkentda bo‘lgan bir necha xalqaro konferensiya materiallarida maqolalari chop qilingan. Uning ilmiy ishlariga professor Q.B.Boybo‘tayev rahbarlik qilgan. Ilmiy ishini muvaffaqiyatli davom ettirib, oxirigacha yetkazishida professor G‘.Y.Umarov rahbarlik qilib yaqindan ko‘maklashgan, g‘o‘za biologiyasi bo‘yicha esa professor A.A.Shaxov (Moskva biologiya institutida) rahbarlik qilgan. Shu bilan birga tajribalarni o‘tkazishda professor R.Avezov yaqindan yordam bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Раҳматов И. Бухоролик гелиофизик олимлар, Бухоро, 2009 — 14 bet. 
  2. Кахаров М.К.. Действие предпосевной обработки семян импульсным концентрированным солнечным светом на рост, развитие и урожайность хлопчатника: Автореферат дис. на соискание ученой степени кандидата сельскохозяйственных наук, Ташкент, 1973.