Geliotexnika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliotexnika (gelio... va texnika) — texnikaning quyosh nurlarini amalda foydalanish uchun qulay boʻlgan boshqa tur energiyaga aylantirish bilan shugʻullanadigan sohasi; quyosh energiyasidan texnik maksadlarda foydalanish usullari haqidagi fan. Yer sirtiga yetib keladigan quyosh nurlari juda katta issiqpik manbai hisoblanadi. Ana shu manbadan samarali foydalanish usullarini topish, turli qurilmalar, energiya manbalarini yaratish G.ning asosiy vazifasi. Quyosh yiliga 1800 dan 3000 soatgacha nur sochib turadigan joylarda gelioqurilmalar va gelio-energetika st-yalaridan foydalanish natijasida koʻp miqdorda yoqilgʻi va energiya tejaladi. Lekin bunday qurilma va stansiyalarni butun yil mobaynida birday ishlatib boʻlmasligi ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, shu jumladan Oʻzbekistonda G.ga oid tadqiqrtlar olib borilmoqda. Mas, Oʻzbekistan FA Energetika va avtomatika institutida, Oʻzbekiston FA "Fizika-Quyosh" IICHBning Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlarida G.ga oid ishlar bajariladi. "Fizika-Quyosh" IICHBga qarashli Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlarida, Oʻzbekistan FA Energetika va avtomatika instituti va Oʻzbekiston Respublikasining bir qancha oliy oʻquv yurtlarida Quyosh energiyasidan foydalanib binolarni issiq suv bilan taʼminlash, quyosh oshxonasi yaratish, uylarni isitish, kam quvvatli isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash, Toshkent viloyatining Parkent tumanida issiqlik quvvati 1 MVt boʻlgan katta quyosh san don i yordamida yuqori temperatura sharoitida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Respublikada fundamental fanlar taraqqiyotiga aloxida eʼtibor berilmokda. Materialshunoslik ilmiy tadqiqot instituti yuqori zichlikka va har xil spektrga ega boʻlgan nurlanishlarni moddalar bilan oʻzaro taʼsiri, quyosh sandonida issiqqa chidamli materiallarni sintez qilish, issiqqa va ishqalanishga chidamli elektr izolyatsiya xossalariga ega boʻlgan materiallar fizika-kimyoviy texnologiyalarini yaratish va b. boʻyicha ilmiy ishlar olib bormoqda. Quyosh sandoni yordamida qoʻshilmalari boʻlmagan toza metallar eritib olinadi. Quyosh energetikasining kelajagi porloq. Quyosh va vodorod energetikasi ekologik toza, qulay, shovqinsiz va cheksiz. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida quyosh kosmik elektr stansiyalari va quyosh nuridan foydalanib ishlovchi turli qurilmalar va avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Kuchma quyosh elektr stansiyalarini koʻplab yaratish ishlari tezlashtirilmoqda, ayniqsa koʻchma quyosh elektrolizyorlarini yaratish va ulardan foydalanish ekologik toza vodorod energiyasini olishga yordam beradi.

Rabon Avezov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil