Gʻiyos Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻiyos Yoqubovich Umarov (1921.25.12 Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), texnika fanlari doktori (1967), professor (1968). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1943). Toshkent politexnika instituti dotsenti, kafedra mudiri (1950—58), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika instituti ilmiy xodimi (1958-yildan), laboratoriya mudiri (1960-yildan), institut direktori oʻrinbosari (1961-yildan), direktori (1962—65), shu institut geliofizika boʻlimi mudiri (1965—88). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. U RaE va RaD ning (Zemirilishini tekshirdi, fototasvirlarni radioaktiv izotop yordamida kuchaytirish usulini ixtiro qildi, shogirdlari bilan hamkorlikda lantanoidlarning 30 dan ortiq yangi izotollarini ochdi, Quyosh issiklik stansiyalari qurish mumkinligini koʻrsatdi. U shogirdlari bilan Quyosh nurlarini akslantiruvchi parabolid yuzasini i.ch. uslubini yaratdi. Quyosh energiyasini toʻplaydigan yuqori trali gelioqurilmalar, Quyosh energiyasini uzoq muddat saklovchi va boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar ixtiro qildi. Qiyin eriydigan metallar, sopol mahsulotlarini olish, payvandlash va boshqalarni amalga oshiradigan qurilmalar yaratdi.

Uning rahbarligida issikxonalarda sabzavot va mevalarni quritkich, chigitni plyonka ostida undirish uskunalari va boshqalarning dastlabki namunalari yaratildi. Toshkent shahridagi kucha va mahallalardan biriga uning nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Umarov Gʻiyos Yoqubovich" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yershov A.A., Solnsepoklonnik Giyas Umarov, M., 1996.