Kontent qismiga oʻtish

Lyubomir Kavalek

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lyubomir Kavalek
Lubomír Kaválek

1980-yil
Tugʻilgan sanasi: 9-avgust 1943-yil (1943-08-09) (81 yosh)
Tugʻilgan joyi: Praga
Vafot sanasi: 1.18.2021
Yashash joyi: Andoza:Country data AQSH
Unvoni: Grossmeyster GM-1965-yil
Xalqaro grossmeystr MM −1965-yil
Maksimal reytingi: 2625 (may 1974)
Hozirgi reytingi : 2000121 [1]

Lyubomir Kavalek (chex. Lubomír Kaválek ,inglizcha: Lubomir Kavalek ; 1943-yil 9-avgust, Praga — 2021-yil 18-yanvar, Reston) — chexoslovakiya va amerikalik shaxmatchi, grossmeyster (1965). Faol pozitsiyaga ega shaxmatchi, taktik kurashda munosib oʻringa ega ishonchli oʻyinchi. Kasbi jurnalist, Pragadagi Karl universitetini tamomlagan.

Shaxmat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki karra Chexoslovakiya chempioni (1962 va 1968), ikki karra AQSh chempioni (1973 va 1978).

Chexoslovakiya terma jamoasi tarkibida bir qator olimpiadalar ishtirokchisi .

1968-yildan beri AQShda istiqomat qiladi. AQSh chempionatidagi eng yaxshi natijalari: 1973 — 1-2-oʻrinlar (J. Grief bilan); 1978-yil — 1-oʻrin. 1970-yildan boshlab Olimpiadalarda AQSh terma jamoasi tarkibida dona surgan. Hududlararo turnirlar ishtirokchisi : Susda (1967) — 13-14-oʻrin; Manila (1976) — 7-9-oʻrin; Subotitsa (1987, 6-turdan oʻtolmagan). 1978-yilda V. Anderssonga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi: 6½ : 3½ (+3 −0 =7).

Boshqa xalqaro musobaqalardagi eng yaxshi natijalari: Varnada (1965 va 1967) — 1 va 1-3-oʻrin; Leypsigda (1965) — 2-3-oʻrin; Buxarestda (1966) — 3-oʻrin; Zvolleda (1966) — 1-oʻrin; Sarayevoda (1968) — 3-4; Amsterdamda (1968) — 1-oʻrin, Polanica-Zdrojda (1968) — 2; Afina (1968) — 2-4; Karakas (1970) — 1-oʻrin; Natanya (1971) — 1-2; San-Xuan (1971) −2-3; Lanzarote (1973) — 1-oʻrin; Banaig (1973) — 1-oʻrin; Amsterdam (1973 va 1977) — 3, 3-4; Montilla (1973) — 1-2; Manila (1973) — 3-oʻrin; Solingen (1974) — 1-2; Montilla (1974, 1975, 1976 va 1977) — 2-3, 3-4, 2-4 va 2-oʻrinlar; Tilburg (1977) — 3 — 6; Amsterdam (1979, M. Yuve kubogi) — 2-o‘rin; Linares (1981) — 5-6; Jeksonvill (1981) — 1 — 3; Bochum (1981) — 1-oʻrin; Gannover (1983) — 6-7; Nyu-York (1984) — 2-6; Solingen (1986) — 4-oʻrin.

FIDE veb-saytidagi profilga koʻra, L.Kavalek vafot etgan paytda faol shaxmatchilar qatoriga kirmagan, 2527 ball reytingiga ega boʻlib, Amerika reytingida 46-oʻrinni egallagan.

Reyting oʻzgarishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Elo oʻzgarishi[2]
  1. Reyting Elo iz spiskov FIDE. Istochniki
  2. Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)
  • Shaxmati: ensiklopedicheskiy slovar / gl. red. A. Ye. Karpov. — M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1990. — S. 144. — 621 s. — 100 000 ekz. — ISBN 5-85270-005-3.