Kultapoʻshak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kultapoʻshak, kulta - ayollarning bosh kiyimi. Boshga kiyiladigan dumaloq doʻppi shaklidagi va orqa to-moni soch oʻrimi oʻtkaziladigan yengchaga oʻxshash uzun (dum) qismlardan ibo-rat. Matodan avra-astarli qilib tay-yorlangan, turli xil choklarda rang-barang kashtalar tikib bezatilgan. K.ning kizak qismi enli, peshova va yeng qismining chetlariga jiyaklar tu-tilgan. Yoshlar kiyadigan K. rangdor, gulli matodan, qariyalar kiyadigani odmiroq (kul-rang , koʻk, qora kabi) matodan tay-yorlanadi. Buxoro, Samarqandda yoʻr-ma, iroqi choklarda kashta tikib bezatilgan K.lar mu-zeylarda saqlanadi.

Kultapoʻshak (zardoʻzi, 19-asr 2-yarmi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil