Jiyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jiyak, zeh — ensiz tasma. Kiyimlarning oldiga, yoqa, yeng , choʻntak, etak chetlariga, doʻppining kizagiga, kashtali bezak buyumlariga tikiladi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududida keng tarqalgan. Buxoro, Samarqandda zeh, Surxondaryoda sherozi va b. nomlar bilan yuritiladi. Tayyorlash usuliga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: qoʻlda toʻqiladigan sodsa J., bir necha kishi tomonidan toʻqiladigan rangdor, gulli murakkab J., maxsus dastgoh (jiyak doʻkon)da toʻqiladigan J., matoga kashta tikib tayyorlanadigan J. va b. J. kashtasi anʼanaviy handasiy, islomiy naqshlar va ularning uygʻunligidan iborat boʻlib, baʼzan naqsh mujassamotiga roʻzgʻor buyumlari, asbob va b. buyumlarning shakllari, yozuvlar kiritiladi. Hozir ham J. tayyorlash va tikish keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil