Kobalt rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kobalt rudalari — tarkibida kobalt boʻlgan rudalar, bunda ajratib olingan kobalt miqdori iqtisodiy jihatdan samarali boʻlishi lozim. Kobalt rudalarining asosiy minerallari: linneit Co3S4 (kobalt 57,96%), kobaltin CoAsS (kobalt 35,4%), skutterudit CoAs3 (kobalt 20,7%), sferokobaltit So (SO), (kobalt 50-55%), safflorit CoAs2 (kobalt 2,23%). Kobalt ning sanoatbop miqdori nikel, mis va temir konlarida boʻladi. Kobaltning rudadagi miqdori juda kam (4% gacha). Asosan, nikel-kumush, mis-kol-chedani, temir va boshqa konlarda birikma holida uchraydi. Kobalt rudalari uch xil: 1) mishyak-kobalt rudalari — asosiy minerallari skutterudit CoAs3 (16% —20% kobalt), shmaltinxloantit (So, Ni) As32 (kobaltinning miqdori 1—5% dan 20% gacha); 2) kobalt aralashgan temir va nikel rudalari — asosiy minerallari — pirit (kobalt 0,01% dan 2,5% — 3% gacha) va pentlandit (kobalt 0,4% dan 2,5% gacha); 3) oksidlangan kobalt rudalari. Asosiy minerallari — eritrin, asbolan va boshqa Kobalt rudalarining dunyodagi zahirasi 6 mln. t dan ortiq. Eng yirik konlari Zambiya, Avstraliya, Indoneziya, Marokash, Kanada, RF (Murmansk viloyati, Krasnoyarsk oʻlkasi), Qozogʻiston, Ukraina va boshqa joylarda topilgan. Oʻzbekistonda hozircha alohida kobalt konlari aniqlanmagan, biroq Olmalikdagi mis-molibden rudalari tarkibidagi pirit mineralida 700—800 g/t kobalt uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil