Kiyiktogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kiyiktogʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq balandlik. Navoiy viloyatida. Gʻarbda Yetimtogʻ va sharqda Taxtatogʻ (Toqtiniqtov) togʻlari orasida joylashgan. Balandligi 420 m gacha, nisbiy balandligi 140–150 m, uzunligi qariyb 10 km, kengligi oʻrtacha 2–3 km. Shimoliy-gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan antiklinal struktura. Oʻrta va yuqori devonning marmarlashgan ohaktosh va dolomitlari, quyi karbonning qumtosh, alevrolit, diabazlar jinslaridan tuzilgan. Kam parchalangan. Tub jinslar toʻrtlamchi, boʻr va paleogen yotqiziqlari bilan qoplangan. Faqat uning shimoliy tik yon bagʻrida paleozoy jinslari yuzasi ochilib qolgan. Janubiy yon bagʻri zinapoyasimon koʻtarilgan. Prolyuvial va elyuvial jinslar ustida tarkib topgan boʻz-qoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, boyalich, keyreuk, baʼzan qumlarda qoʻngʻirbosh va iloq tarqalgan. Yiliga oʻrtacha 100 mm yogʻin yogʻadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil