Kendir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kendir, qizilquray (Trachomitum) — kendirdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik tolali oʻsimlik. Jan. Yevropa va Osiyoda 6 turi oʻsadi. Tolasi poyaning floemasida. Ildizpoyasi koʻp yillik, yer usti poyalari bir yillik, silliq. Barglari, asosan, nashtarsimon, guli mayda, pushti. Uning tolali K. (T. Apocynum cannabinum) turi dorivor oʻsimlik, urugʻida 0,5% gacha yurak glikozidlari (simarin) bor, poyasi poʻstlogʻidan olingan toladan arqon ishlab chiqariladi. Ildizpoyasi va ildiz (oʻsimlik)ini boʻlib, erta bahorda ekiladi. Tola olish uchun Venetsiya K.i istiqbolli hisoblanadi (poyasi poʻstlogʻidan 10% gacha tola chiqadi). Tajriba ekinlarida quruq poya boʻyicha xrsildorlik 20—25 s/ga. Oʻzbekistonda Toshkent sh. yaqinida 1930-y.larda yangi ekin tarzida yigiriladigan tola olinadigan K.ni oʻrganish boʻyicha i.t. st-yasi tashkil etilgan (qarang Lub tolali ekinlari tajriba stansiyasi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil