Yurak glikozidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yurak glikozidlarioʻsimliklardan olinadigan tabiiy glikozidlar. Tarkibida Yu.g. bor oʻsimliklar qadimiydan maʼlum, ular xalq va ilmiy tabobatda qoʻllanib kelingan. Yu.g.dan yurak xastaliklari va boshqalar kasalliklarni davolashda foydalanilgan.

Qadimgi misrliklar dengiz piyozini, rimliklar va yunonlar erizimumni yurak kasalliklarida va peshob haydovchi sifatida ishlatishgan. 11-asrda Angliyada angishvonagul xalq tabobatida dori vositasi sifatida maʼlum boʻlgan.

YU.g. tutuvchi oʻsimliklar butalar, lianalar, oʻtlar shaklida uchraydi. Yu.g. saqlovchi oʻsimliklarning 45 ga yaqin turi aniqlangan, ularning 9 tasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsadi. Ular sigirkuyruqdoshlar, kedirdoshlar, loladoshlar, ayiqtovondoshlar, joʻkadoshlar, tutdoshlar va boshqalar.

Hoz. angishvonagul barglaridan digoksin, selanid, lantozid; strofant urugʻidan strofantin K.; adonis oʻsimligining yer ustki qismidan adonis, adonisbrom; marvaridgul yer ustki qismidan korglikon, konvaflavin kabi dori vositalari olinib, ular zamonaviy tibbiyotda yurak xastaliklari (yurak poroklari va u tufayli qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi, yurak shishi)ni davolashda, peshob haydovchi va boshqalar sifatida keng qoʻllaniladi. Bir qancha Yu.g. tinchlantiruvchi xossaga ham ega.