Arqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arqontolalardan eshib to‘qiladigan, yo‘g‘onligiga qaraganda uzunligi ancha katta bo‘lgan to‘qimachilik buyumi; arg‘amchi. Zig‘ir tolasi, kanop, nasha poyasi tolalari, ip, jun va sun’iy tolalardan to‘qiladi. Shunga yarasha qil A., jun A. deb yuritiladi. Bir o‘rimli, ikki o‘rimli va uch o‘rimli A.lar bo‘ladi. Kundalik hayotda juda asqotganidan A. qadimdan ishlatib kelingan. A. uy-ro‘zg‘or ishlarida, bug‘uchilik, yilqichilik, chorvachilikda, qurilishda, yelkanli kemalarda, daryo va dengiz port-larida, osma yo‘llar, osma ko‘priklar qurishda keng ishlatiladi. Po‘lat sim-lardan eshib to‘qiladigan A. kanat, tros (sim A.) deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil