Katta devonbegi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Katta devonbegi madrasasi
Katta devonbegi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Katta devonbengi
Homiylar Katta devonbengi
Binokorlik hijriy 1207-yili (1792—1793)—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Katta devonbegi madrasasi — Samarqand madrasasi. Katta devonbegi madrasasi hijriy 1207-yili (1792—1793) Samarqandda Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida, Katta devonbengi tomonidan bunyod etiladi. Madrasa Xoja Abu Tolib Sarmast mazori yaqinida pishiq gʻishtdan bunyod etilgan[1]. Rossiya imperiyasi va Sovet davrida ham madrasada talabalar tahsil olishi bir necha muddat davom etgan. Xoja Abu Tolib qabri Urgutdagi mashhur ziyoratgohlardan biri boʻlgan. Abu Tohirxoja qabri ustida minor kabi baland va yoʻgon chinorlar boʻlgan. Uning yonida bir tegirmon suv oqib turgan. Mazkur madrasa ushbu qabrning kunchiqar tarafida bunyod etilgan. Madrasa vaqf mulkiga ega boʻlgan. Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mahalla volostiga tegishli Qavoli oqsoqolligidagi Qavvali qishlogʻida 50 tanob yer vaqfi boʻlgan. Mazkur yerdan 90 rubl daromad olingan. Madrasaning 1882-1890-yillarga oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. 1882-yil madrasa va vazifadorlarga 82 rubl qoldirilgan. 8 rubl soliq undirilgan. 1885-yilda madrasa mulkiga mulla Latip mutavvali boʻlgan. 1886—1890-yillarda ham madrasa va vazifadorlarga 82 rubl qoldirilgan. Rus maʼmurlari 8 rubl soliq undirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Urgut tumanida joylashgan boʻlgan va mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Rossiya imperiyasi davrida ushbu madrasaning vaqf hujjatlari saqlanib qolgan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta devonbegi madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.